» » Andijonda 700 o‘rinli tashxislash va saralash markazi ish boshladi

Andijonda 700 o‘rinli tashxislash va saralash markazi ish boshladi


Andijon viloyatining Andijon shahridagi olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 700 o‘rinli tashxislash va saralash markazi barpo etildi. Markazda virusga gumon qilingan bemorlarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov.

Markazga tez tibbiy yordam bo‘limi, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlariga murojaat qilgan bemorlar yotqizilib, ularning ahvoli o‘ta og‘ir, og‘ir va yengilligiga qarab saralanadi. Bemorlarning klinik belgilaridan kelib chiqib, ular shifoxonaga yoki uyida davolanish uchun yo‘naltiriladi.

Ma’lum qilinishicha, markaz tibbiy ko‘rik uchun zarur zamonaviy tibbiyot anjomlar bilan ta’minlangan, har bir koyka kislorod liniyasi bilan jihozlangan. Bemorlarga qarov uchun 120 nafar shifokor va hamshiradan iborat yuqori malakali tibbiy personal ajratilgan.

“Daryo” muxbirining yozishicha, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotida viloyat sog‘liqni saqlash, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, Milliy gvardiya, sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi hamda tuman tibbiyot birlashmalari mutaxassislari ishtirok etgan. Mashg‘ulot davomida virusga gumon qilingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishning tezkor taktik holatlari o‘rganilgan.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, koronavirus pandemiyasi davri uchun jami 13820 ta zaxira joy tayyorlangan. Ularning 10200 tasi xorijdan kirib kelayotgan va kasallikka gumon qilingan fuqarolarni 10 kunlik karantinda saqlab turishga mo‘ljallangan. Shuningdek, viloyatdagi 7 ta davlat va 10 ta xususiy shifoxonalarda bemorlarni qabul qilish uchun 2590 ta qo‘shimcha joy tayyorlangan. Ushbu tibbiyot muassasalarning barchasi 100 foiz tibbiy kislorod bilan ta’minlangan.

Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning aytishicha, favqulodda holat uchun ham vaqtinchalik shifoxonalar tayyorlanmoqda.

“Bu kasallik qachon tugashini hech kim bilmaydi. Shu sababli har qanday holatga tayyor turishimiz kerak. Shularni hisobga olib, jami 14 mingga yaqin zaxira joy tayyorladik. Bundan tashqari favqulodda holatlar uchun yana 10 ta joyda 1619 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxonalarni tayyorlayapmiz. Ayni kunga qadar ularning barchasi tayyor holga keltirildi”, — deydi Andijon viloyati hokimi.

Mavzuga doir: Xorazmdagi sport maktablarining zallari COVID-19 bemorlarini qabul qilish uchun moslashtirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют