» » Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinani ommaviy qo‘llash oktabr oyidan boshlanadi

Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinani ommaviy qo‘llash oktabr oyidan boshlanadi


Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yil oktabr oyidan boshlanadi, bunda Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan vaksinadan foydalaniladi. Bu haqda vaksinani yaratish va tadqiq qilish ishlarini moliyalashtiruvchi Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Meduza.

Dmitriyev xalqaro jurnalistlar ishtirok etgan onlayn konferensiyada chiqish qilgan. Jamg‘arma rahbari 2020-yil oktabr oyigacha tayyor bo‘ladigan vaksinalar sonini ma’lum qilmagan.

Emlash bilan bir vaqtda vaksinaning klinik tadqiqotlarining uchinchi fazasi ham olib boriladi. Konferensiyada sinovlarda ishtirok etadigan ko‘ngillilarning soni birinchi marta e’lon qilindi. Dmitriyevning so‘zlariga ko‘ra, ko‘ngillilarning soni 40 ming kishini tashkil qiladi.

Shuningdek, Dmitriyevning aniqlik kiritishicha, uchinchi faza ikki karrali randomizatsiyalangan sinovlar standartlari asosida o‘tkaziladi, ya’ni kuzatuvlarda ishtirok etadigan na ko‘ngillilar, na shifokorlar kim haqiqiy vaksinani, kim platseboni qabul qilayotganini bilmaydi.

Rossiya vaksinasini yaratgan Denis Logunov avvalroq Gamaleya instituti 2020-yil oxiriga borib yiliga 3-5 million doza vaksina ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lishini ma’lum qilgandi. Dmitriyevning ma’lum qilishicha, endi ishlab chiqarishga Rossiyaning boshqa biotexnologik kompaniyalari — “Binnofarm”, “Generium” va “R-Farm” qo‘shilgan. Dmitriyevning so‘zlariga ko‘ra, dunyoning turli mamlakatlaridan bir milliard dozaga buyurtma olingan. Dmitriyev vaksina rossiyalik iste’molchilar va boshqa davlatlardagi iste’molchilar o‘rtasida qanday taqsimlanishiga aniqlik kiritmagan.

Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksinasi 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini oldi. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Vaksinaning klinik sinovlari uchinchi fazasining yakunlanishidan (hatto boshlanishidan) oldin ro‘yxatdan o‘tkazilishi preparatni endi nafaqat sinovlardagi ishtiroki uchun kompensatsiya oladigan va nojo‘ya ta’sirga qarshi sug‘urta qilinadigan ko‘ngillilar, balki 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan oddiy odamlar ham qabul qilishi mumkinligini anglatadi.

Ishlab chiqaruvchilarning va’dalariga qaramasdan, haligacha mazkur vaksina haqida ilmiy jurnallarda hech qanday ma’lumot e’lon qilinmagan. Vaksina ishlab chiqarilishi haqida xabar berish uchun yaratilgan saytda shu paytga qadar o‘tkazilgan qo‘shma faza tadqiqotlari haqida ham ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning farmatsevtika kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini birlashtirgan Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasi Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan vaksina yetarlicha sinovdan o‘tkazilmagani uchun uni ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishga chaqirgandi. Bunga javoban Rossiyaning Sog‘liqni saqlashni nazorat qilish federal xizmati (“Roszdravnadzor”) ushbu vaksina bilan bir necha yuzlab ko‘ngillilar emlangani va ularda vaksinaga nisbatan jiddiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaganini ma’lum qilgan. Shuningdek, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh epidemiologi Nikolay Briko COVID-19’ga qarshi vaksinani yaratishda adenovirus asosida bir xil texnologiya ishlatilganini, shuning uchun bu holda u qayta ko‘rib chiqishga, kechiktirishga muhtoj emasligini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют