» » Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi uchinchi bosqichda o‘n minglab odamlarda sinovdan o‘tkaziladi

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi uchinchi bosqichda o‘n minglab odamlarda sinovdan o‘tkaziladi


Rossiyada koronavirusga qarshi yaratilgan “Sputnik V” vaksinasi sinovining uchinchi bosqichi uzog‘i bilan o‘n kun ichida boshlanadi. Bu haqda Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazi direktori Aleksandr Ginsburgga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadqiqotlar Moskva hududida o‘n minglab insonlar ishtirokida o‘tkaziladi. Vaksinaning oddiy fuqarolarga tarqatilishi ro‘yxatga olishdan keyingi bosqichdan bir oy o‘tgach boshlanadi.

“Jamoatchilik va matbuotning bunga bo‘lgan katta qiziqishi va e’tiboridan kelib chiqib, Sog‘liqni saqlash vazirligi uzoq cho‘zmasdan, bir hafta ichida bizga protokolni tasdiqlab beradi deb o‘ylayman. Fikrimcha, yetti, uzog‘i bilan o‘n kun ichida barchasi boshlanadi… Unda bir necha o‘n ming kishi ishtirok etadi”, — deydi Ginsburg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda moliyaviy masalalar hal etilmoqda, chunki bu “arzon turmaydi”. Gamaleya nomidagi markaz direktorining ma’lum qilishicha, Moskvada tadqiqotni o‘tkazish uchun barcha zaruriy infratuzilma mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 11-avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini ma’lum qilgandi. U Gamaleya nomidagi institut tomonidan yaratilgan. Putinning so‘zlariga ko‘ra vaksina barqaror immunitet shakllantiradi va barcha zarur tekshiruvlardan o‘tgan. Amalda esa Gamaleya instituti vaksinasi ishlab chiqishning dastlabki bosqichida turibdi. Unda keng miqyosli klinik tekshiruvlar o‘tkazilmagan. Ilmiy jurnallarda esa sinov natijalari haqida hech qanday maqolalar yo‘q.

Mavzuga doir:

Avvalroq JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan tadqiqotchilar koronavirusga qarshi vaksinalar yaratishda salmoqli natijalarga erishgani, biroq ular 2021-yildan ertaroq qo‘llanilmasligini aytgandi. Tedros Gebreyesus esa koronavirusga qarshi yaratilayotgan amaldagi vaksinalar omadsizlik bilan yakun topishi mumkinligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, AQShda Moderna kompaniyasi ishlab chiqargan vaksina 30 ming kishida yakuniy sinovdan o‘tkazilmoqda. Qozog‘istonda esa 1-avgust kuni COVID-19’ga qarshi birinchi emlash o‘tkazilgan. Germaniyada koronavirus vaksinasi 2020-yil oxirida foydalanish uchun tasdiqlanishi kutilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют