» » Ozbekistonda ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar otkazildi

Ozbekistonda ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar otkazildi


20-avgust kuni Olmaliqdagi Metallurg sport majmuasining stadionida Moskva polat va qotishmalar institutining (MISiS) Olmaliq filialiga kirish imtihonlari otkazildi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bergan.

Filialga kirish uchun imtihonlar 2022-avgust kunlariga belgilangan, abituriyentlar matematika, fizika, informatika hamda rus tili fanlaridan yozma tarzda imtihondan otkaziladi.

Sport majmuasining umumiy maydoni 7 gektarni tashkil etadi, imtihon otishi rejalashtirilgan maydonning parametrlari 70 metrga 90 metr. Oyingohga kirish joylari 5 ta, shundan ikkitasidan imtihon paytida qollaniladi. Shuningdek, kirish yollariga ikkita dezinfeksiya tunneli ornatilgan.

Xabarga kora, imtihonlar vaqtida abituriyentlar bir kishidan, ozaro oraliq masofani 2 metr qilib joylashtirilgan. Imtihonlarning yuqori saviyada otkazilishida karantin qoidalariga rioya etilishi, bevosita OKMK AJ hamkorligida ishlab chiqilgan Yol xaritasiga asosan tashkil etilgan.

Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiSning Olmaliq shahridagi filiali uchun 2020/2021-oquv yilida kunduzgi va sirtqi talim shakli boyicha belgilangan qabul kvotasi 250 tani tashkil etadi. Filial tomonidan 2020-yilning 20-iyunidan 31-iyuligacha masofaviy tarzda 1309 nafar abituriyentdan hujjatlar qabul qilingan. Royxatdan otganlar soni kunduzgi talim shakli boyicha 790 nafar, sirtqi talim shakli boyicha 519 nafarni tashkil etadi.

MISiSning Olmaliq filialida Metallurgiya (metall texnologiyasi), Avtomatlashtirish va texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni boshqarish (tarmoqlar boyicha) hamda Konchilik talim yonalishlari boyicha amalga oshiriladi.

Eslatib otamiz, Ozbekiston OTMlariga kirish imtihonlari 2-sentabrda boshlanadi va ikki hafta davom etadi. Oliy va orta maxsus talim vazirligi matbuot xizmati MISiS xalqaro universitet filiali bolgani sababli imtihon kunini xorijiy hamkori bilan kelishgan holda belgilaganini malum qilgan.

Mavzuga doir:Ozbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari otkaziladigan stadion va xiyobonlar royxati elon qilindi

Eslatib otamiz,91 ta oliy talim muassasasi va filiallarda talimning bakalavriat yonalishiga qabul qilish boyicha test sinovlari 2020-yil 2-sentabrdan boshlanadi va 12 kun davom etadi. Har kuni 2 bosqichdatashkil etiladi.Sinovlar otkaziladigan joylarning barchasi videokuzatuv kameralar bilan jihozlanadi.Abituriyentlarga antiseptik vositalar, qolqop, niqob, bosh kiyimbepul beriladi.

Xavfsizlikni taminlashga Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar va Sogliqni saqlash vazirligi xodimlari, turgun va qolda olib yuruvchi metallodetektorlar, transport va aloqa vositalari hamda xizmat itlarijalb etiladi. Favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida har bir kuchishlatar tizimida xizmatga jalb etish uchun zaxira kuchlari shakllantiriladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (20-08-2020, 22:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
:
-
:
20 ... -