» » Tuba Buyukustun OAV muhokamasida, Chag‘lar Ertug‘rulning yangi xobbisi. Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar

Tuba Buyukustun OAV muhokamasida, Chag‘lar Ertug‘rulning yangi xobbisi. Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar


Muxlislar uchun mashhurlarning nafaqat ijodi, balki shaxsiy hayotlari ham yanada qiziq. Turkiyaning taniqli yulduzlari shaxsiy hayoti va ayni paytda ular nimalar bilan band ekani haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Merve Bolugur

Merve Bolugur ta’tildan keyin Nishantashi tumanida ko‘rindi. Matbuot aktrisaning yaxshi kayfiyatda ekanidan foydalanib, sevgilisi haqida so‘radi. Bolugur Burak Dayning unga obuna bo‘lganini va uning qalbini zabt etib, hurmat qilishini tan oldi. Shuningdek, aktrisa sevgilisi mashhur odam emasligini ta’kidladi va bundan buyon shaxsiy hayoti bilan bog‘liq savollar bermaslikni so‘radi.

 

O‘zge O‘zpirinji va Burak Yamanturk

View this post on Instagram

Bi Ma?allah al?r?z.???????? #?zgekalpBurak ????? ?yi tatilleer,tad?n? ??kart?n ? @ozpirincci @burakyamanturk ???? #?zge?zpirin?ci #burakyamant?rk #Summer ?

A post shared by @ ozge_kalp_burak on

O‘zge O‘zpirinji va Burak Yamanturk Marmarisda dam olmoqda. Bu juftlik dengiz va quyoshdan zavq olyapti, ammo matbuotni payqab qolib, jo‘nadi va shaxmat o‘ynash uchun stolga o‘tirdi.

Chag‘lar Ertug‘rul

Chag‘lar Ertug‘rul Urleda dam olmoqda. Aktyorning aytishicha, u yozda chet elga borishni rejalashtirgan, ammo pandemiya uni qo‘rqitgan. Chag‘lar yangi loyihalarda ishtirok etish uchun takliflar borligini aytdi, ammo u oilasi bilan ta’til o‘tkazishni va o‘zi uchun vaqt ajratishni xohladi. Aktyor vindserfing bilan shug‘ullanishni boshlagan va bu adrenalin, e’tibor, refleks va barchasini bittada boshqarish ekanligini ta’kidladi.

Ilker Kaleli

Ilker Kaleli Emirgandagi uyidan chiqib ketgan edi. Kaleli uzoq vaqt jurnalistlar nazaridan chetda yurdi va ba’zi savollarga javob berdi: “Bu pandemiyadan so‘ng seriallar bilan nima bo‘lishini bilmayman. Ammo mening ba’zi ishlarim bor. Ehtimol, yangi albom kabi kutilmagan hodisalar bo‘lishi mumkin”. Yilmaz Kaleli yosh aktrisa Biran Damla bilan munosabati haqidagi savollarga javob bermadi, chunki u shaxsiy hayoti haqida gapirmasligini aytdi.

Hazal Kaya va Onur Tuna ishga kirdi.

O‘zan Guven

O‘zan Guven o‘zini oqlamadi, Ay Yapim prodyuser kompaniyasi yakuniy qarorni qabul qildi va O‘zan bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi. Ay Yapim arizada aytishicha, hamkorlikni tugatish ikki tomonning qarori bo‘lganini aytdi. “Bobil” serialidagi Egimen roliga kasting boshlandi.

Tuba Buyukustun va Umut Evirgen

Yaqinda Tuba Buyukustun va Umut Evirgen uch yil davom etgan munosabatlarini tugatishga qaror qildi. Umut Evirgen yolg‘izlikdan qiynalmadi va u allaqachon yangi sevgilisi Melisa Shenolsun bilan tanishishga ulgurdi.

OAV Tubaning yangi sevgilisi haqida ma’lumot berdi. Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, aktrisani Bebek tumanida rejissor Jevdat Merjan bilan ko‘rishgan. Sevishganlar qo‘l ushlashib yurgan. Ammo yangiliklar paydo bo‘lgach, Birsen Aluntash bu xabarga aloqasi yo‘qligini va ular uchrashmaganini aytdi. Ma’lumot uchun: Jevdat aktrisaning sobiq sevgilisi Umut Evirgen va uning sobiq eri Onur Saylak bilan do‘stona munosabatda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют