» » Amerikalik erkak organizmi o‘z-o‘zidan alkogol ishlab chiqarishni boshladi

Amerikalik erkak organizmi o‘z-o‘zidan alkogol ishlab chiqarishni boshladi


Amerikalik erkak antibiotiklar kursidan so‘ng spirtli ichimliklar ichmasa ham o‘zini mast holda seza boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, uning organizmi mustaqil ravishda alkogol ishlab chiqarishni boshlagan, deb yozadi Insider.

Shifokorlar 47 yoshli bemorga “avtopivoqaynatish” sindromi tashxisini qo‘ygan. Ushbu kasallikka duchor bo‘lgan inson organizmida alkogol ichaklarda hosil bo‘ladi. Bunda bemor spirtli ichimlik iste’mol qilmasa ham unda mastlik belgilari paydo bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, erkak bir safar shu qadar kuchli mast bo‘lganki, kutilmagan politsiya tekshiruvi sabab u haydovchilik guvohnomasidan ayrilgan.

Shifokorlar avvaliga bemorni past uglerodli dieta bilan davolagan, keyin esa shu kabi tashxis qo‘yilgan bemorlarda samara bergan dori vositalari kursini belgilagan. Biroq natija kutilganidek bo‘lmagan.

Shundan so‘ng shifokorlar bemor ingichka ichagiga uning 22 yoshli qizidan olingan fekal mikrobiotini ko‘chirib o‘tkazgan. Operatsiyadan buyon deyarli uch yil o‘tgan bo‘lsa-da, bemorda yuqoridagi sindrom alomatlari boshqa kuzatilmagan.

Mavzuga doir: Koronavirus dunyodagi alkogol ishlab chiqaruvchilar uchun katta xavf bo‘lishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют