» » Kim Chen In vakolatlarining bir qismini singlisi va bir guruh amaldorlarga topshirdi

Kim Chen In vakolatlarining bir qismini singlisi va bir guruh amaldorlarga topshirdi


KXDR rahbari Kim Chen In o‘z vakolatlarining bir qismini singlisi Kim Yo Chjonga berdi va uni mamlakat hukumatidagi ikkinchi odamga aylantirdi, shuningdek, bir guruh boshqa amaldorlarga yangi vakolatlar berilgan. Bu haqda Janubiy Koreya razvedkasi milliy agentligi xabar qilgan.

Yonxap agentligining razvedka idoralari axboroti asosida tarqatgan xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi markaziy kengashida tashkiliy-nazorat boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidagi Kim Yo Chjon endi Pxenyanning Seul hamda Vashington bilan munosabatlariga shaxsan mas’ul bo‘ladi. Axborotda uning Kim Chen In hukumatdan ketganidan so‘ng mamlakat rahbari bo‘lishi qayd etilgan.

Yana ikki nafar yuqori martabali amaldorlarga iqtisodiyotni boshqarish yuklatilgan bo‘lsa, ikki nafar harbiy avval Kim Chen In nazorat qilgan mudofaa masalalariga bir qismiga rahbarlik qilish ishonib topshirilgan.

Shimoliy Koreya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zgarishlar yuz bergani haqida Kim Chen In KXDR Mehnat partiyasi yalpi majlisida Kim Chen Inning o‘zi “mamlakat kutilmagan va oldini olish imkonsiz qiyinchiliklarga duch kelgani” va “xalq turmush sharoitini yaxshilash ishlarida uzilishlar kuzatilayotganini” qayd etgan.

KXDR markaziy telegraf agentliging yozishicha, Mehnat partiyasi markaziy kengashi yalpi majlisida partiyaning navbatdagi qurultoyi 2021-yilda chaqirilishi ma’lum qilingan.

Avvalgi qurultoy 2016-yilda o‘tkazilgandi. Forumda 1980-yildan beri ilk bori iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik reja tasdiqlangan. KXDR raisi Kim Chen In mamlakat suverenitetiga yardo quroli vositasida ta’sir ko‘rsatilmasa u holda davlat ham ushbu quroldan foydalanmasligi haqida va’da bergan.

Mavzuga doir: OAV: Kim Chen In KXDR aholisiga it boqishni taqiqladi

Avval KXDR hukumati Kesondagi karantin rejimini bekor qilgani, KXDRda hukmron Mehnat partiyasidan bo‘lgan Kim Don Xun mamlakatda yangi bosh vazir etib tayinlangani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют