» » ZTE ko‘rinmas frontal kameraga ega birinchi smartonni taqdim etadi

ZTE ko‘rinmas frontal kameraga ega birinchi smartonni taqdim etadi


ZTE kompaniyasi Axon 20 5G taqdimoti rasman 1-sentabr kuni o‘tkazilishi va u ko‘rinmas frontal kameraga ega birinchi smartfonga aylanishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Rasmiy reklama materiallaridan ko‘rish mumkinki, smartfon ekranida biror teshik yoki qirqim yo‘q — hatto kamera obyektivlari ham ko‘rinmaydi.

Axon 20 5G’ning yana bir surati mavjud bo‘lib, unda ZTE o‘z qurilmasini kameralari eskicha tartibda o‘rnatilgan boshqa smartfonlar bilan taqqoslagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda bu kabi texnologiya ustida bir vaqtning o‘zida ko‘plab kompaniyalar ish olib bormoqda, xususan, OPPO, Xiaomi va hokazo. Aftidan ZTE ushbu texnologiyani yaratib, tijoriy qurilmalarga joriy etishga muvaffaq bo‘lgan.

Hozircha Axon 20 5G’ning frontal kamerasi qanchalik ko‘zga tashlanmaydigan bo‘lishi noma’lum. Masalan, OPPO prototipining displeyidagi obyektivda ko‘zga tashlanuvchi nuqsonlar bo‘lgan — bu kamera sensoriga ko‘proq yorug‘lik tushishi uchun kerak. Shuningdek, smartfon narxi haqida ham hech qanday ma’lumotlar oshkor etilmagan.

Mazvuga doir: Kamerasi ekran ostidan o‘rin olgan birinchi smartfonning texnik tavsiflari oshkor bo‘ldi

Avvalroq Xiaomi aylanuvchi kameraga ega smartfon ustida ish boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют