» » Kamerasi ekran ostidan o‘rin olgan birinchi smartfonning texnik tavsiflari oshkor bo‘ldi

Kamerasi ekran ostidan o‘rin olgan birinchi smartfonning texnik tavsiflari oshkor bo‘ldi


ZTE kompaniyasi tez orada o‘zining frontal kamerasi displey ostiga yashiringan A20 5G nomli yangi smartfonini taqdim etadi. Xitoyning TENAA regulyatori saytida devaysning ilk texnik tavsifi va suratlari paydo bo‘ldi, deb yozadi GSMArena.

A20 5G modeliga Full HD+ sifatga ega 6,92 dyuymli OLED ekran o‘rnatilgan. Aftidan qurilma Snapdragon 765G protsessori bazasida ishlaydi. Smartfon uch turdagi tezkor (6, 8 va 12 gigabayt) hamda ichki (64, 128 va 256 gigabayt) xotiraga ega variantlarda taqdim etiladi, shuningdek, ularga 1 terabayt microSD kartasini ham o‘rnatish mumkin. Operatsion tizim sifatida Android 10’dan foydalaniladi. Qurilma avtonomligiga sig‘imi 4120 mA/soatli akkumulyator javob beradi.

32 megapikselli frontal kamera ekran ostiga joylashtirilgan bo‘lib, uning yoniga barmoq izi skaneri ham “yashiringan”. Smartfon orqa tomonidan esa asosiy kamerasi 64 Mp, keng burchakli —8 Mp hamda ikkitalik sensorli — 2 Mp bo‘lgan kvadrokamera o‘rin olgan.

Qurilma qachon taqdim etilishi va narxi haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.

Avvalroq Xiaomi aylanuvchi kameraga ega smartfon ustida ish boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют