» » AQSh BMTni Eronga qarshi sanksiyalarni qayta tiklashi haqida ogohlantirdi

AQSh BMTni Eronga qarshi sanksiyalarni qayta tiklashi haqida ogohlantirdi


AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Vashington tashabbusi bilan Tehronga qarshi sanksiyalarning qayta tiklanishi haqida BMT xavfsizlik kengashiga ma’lum qildi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.

Pompeo BMT xavfsizlik kengashi raisi Indoneziya vakili Dianu Janiga yuborgan murojaatda Eronning yadro kelishuvi shartlariga rioya qilmayotgani qayd etilgan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga davlat departamentiga BMT xavfsizlik kengashini ushbu tashabbus haqida xabar berish yuzasidan topshiriq kiritganini aytgandi.

AQSh davlat departamenti ushbu gaplarning mantiqiy davomi sifatida BMT xavfsizlik kengashiga xabarnoma kiritdi, endi BMT 30 kundan keyin bir qator sanksiyalarni qayta tiklaydi. Xususan, Eronning uranni boyitish yo‘nalishidagi faoliyatiga taqiqlar qo‘yiladi, shuningdek mamlakatga qurol-yarog‘ yetkazish borasidagi 13 yildan beri amal qilayotgan embargo yana uzaytiriladi.

Avval BMT xavfsizlik kengashi ovoz berish natijalariga ko‘ra AQShning Eronga qurol sotmaslik bo‘yicha embargoni uzaytirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini rad etgandi. Loyihani AQSh hamda Dominikan respublikasi qo‘llab-quvvatlagan, Rossiy va Xitoy esa bunga qarshi chiqqan. Yana 11 ta ishtirokchi davlatlar betaraf pozitsiyada qolgan. Ovoz berish natijalaridan keyin Vashington Eronga qurol sotmaslik haqidagi embargoni uzaytirish yuzasidan harakatlarini davom ettirishini bildirgan.

BMT xavfsizlik kengashining 2015-yil uiyul oyida qabul qilingan 2231-son rezolyutsiyasiga muvofiq, tasdiqlangan qo‘shma rejaga ko‘ra Erondagi yadro muammosini hal etish va mamlakatga qurol sotmaslik embargosi muddati 2020-yil 18-oktabrda tugaydi.

Mavzuga doir: Eronda AQShga josuslik qilib, Sulaymoniy haqida ma’lumot berib turgan shaxs qatl etildi

23-iyul kuni kechasi AQShning F-15 qiruvchi samolyoti Tehron—Bayrut yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan Mahan Air aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyotiga yaqinlashgan. To‘qnashuvdan qochish maqsadida yo‘lovchi samolyoti zudlik bilan balandlikni o‘zgartirgan. Tezkor amalga oshirilgan manyovrlar sabab bir necha yo‘lovchiga jarohat yetgan. Natijada samolyot Bayrutga qo‘ngandi.

AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi F-15 qiruvchi samolyoti Suriya uzra parvoz qilgan Mahan Air aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyotga xavfsiz masofada — 1000 metr uzoqlikda yaqinlashganini ma’lum qilgan. keyinchalik Eron AQShning F-15 qiruvchi samolyoti Suriya osmonida parvoz qilgan Mahan Air aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyotga yaqinlashib, uning yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur qilgani uchun javob choralari ko‘rilishi haqida ogohlantirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют