» » Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi pishloq ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona bilan tanishdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi pishloq ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona bilan tanishdi (foto)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-avgust kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida bajarilayotgan ishlar, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish davomida tumanidagi “Prof-Milk” qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda chorvachilik bilan birga go‘sht va sutni qayta ishlash tarmog‘i kompleks rivojlantirmoqda. Xususan, bugungi kunda sutni qayta ishlovchi 600 dan ziyod korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Bektemirdagi “Binokor” mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishlab chiqarish maydoniga tashrif buyurdi

Ma’lum qilinishicha, “Prof-Milk” qo‘shma korxonasi 2020-yil avgust oyida ishga tushirildi. Loyiha qiymati 3 million dollar bo‘lgan ushbu majmua Shveysariyaning “Tanotrade” kompaniyasi va “Toshelektroapparat” xususiy korxonasi hamkorligida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Bu yerda 50 kishi ish bilan band.

Korxonada 1,5 ming tonna mahsulot, pishloqning 10 ga yaqin turi ishlab chiqariladi. 2020-yilda esa eritilgan pishloq bu qatorni to‘ldirishi rejalashtirilgan.

Prezident ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Korxonani barqaror xomashyo bilan ta’minlash, mahsulotlar turini ko‘paytirib, yangi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu yerda “Bartec Trade” kompaniyasi tomonidan import o‘rnini bosuvchi ehtiyot qismlar ishlab chiqarish loyihasi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi metall konstruksiyalar zavodiga bordi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют