» » Pop va Chustda jun yetishtirish va qayta ishlash klasteri tuziladi, 1,5 ming xonadonga 20 mingta qo‘y va echki tarqatiladi

Pop va Chustda jun yetishtirish va qayta ishlash klasteri tuziladi, 1,5 ming xonadonga 20 mingta qo‘y va echki tarqatiladi


Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida Uchqo‘rg‘on tumani Norin daryosi bo‘yida joylashgan noyob baliq turlarini ishlab chiqarish korxonasi DB Group Eco faoliyati bilan tanishdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur korxonaga tashrif chog‘ida davlat rahbari viloyatda qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlari, xususan, baliqchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, echkichilikni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar taqdimoti bilan ham tanishdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Popda foydalanilmay yotgan yerda tashkil qilingan meva-sabzavotchilik klasteriga tashrif buyurdi (foto)

Ta’kidlanishicha, Namangan viloyatida 2020-yilda chorvachilik tarmog‘i bo‘yicha 84 ta yangi loyiha amalga oshiriladi, go‘sht va sutni qayta ishlash korxonalari tashkil etiladi. Pop tumani azaldan jun yo‘nalishidagi echkichilik bilan shug‘ullanishga ixtisoslashgan.

Davlat rahbari yo‘qolib ketgan shu tajribani qayta tiklash, jun yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha klaster tashkil qilish, Pop va Chust tumanlaridagi 1,5 ming xonadonga 20 mingta qo‘y va echkini shartnoma asosida tarqatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Chortoq tumanida 1000 ta issiqxonani o‘z ichiga olgan loyiha bilan tanishdi (foto)

Parrandachilik yo‘nalishida esa 39 ta loyiha amalga oshiriladi, 440 ta ish o‘rni yaratiladi. Tijorat banki tomonidan asalarichilik yo‘nalishi bo‘yicha ham 46 ta loyiha moliyalashtiriladi.

Davlat rahbari asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqish, Namangan shahrida 10 ming tonna eksportbop asal tayyorlash, qadoqlash va sotishga ixtisoslashgan kompleksni ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 111) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют