» » Shavkat Mirziyoyev Norin daryosi bo‘yida noyob baliqlarni yetishtiruvchi korxonani borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Norin daryosi bo‘yida noyob baliqlarni yetishtiruvchi korxonani borib ko‘rdi


Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida Uchqo‘rg‘on tumani Norin daryosi bo‘yida joylashgan noyob baliq turlarini ishlab chiqarish korxonasi DB Group Eco faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hozirda baliq yetishtirish nafaqat serdaromad soha, balki uning ijtimoiy ahamiyati katta ekanligi inobatga olinib, bu faoliyat bilan shug‘ullanayotgan qator tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan subsidiya va imtiyozlar joriy etilmoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Chortoq tumanida 1000 ta issiqxonani o‘z ichiga olgan loyiha bilan tanishdi (foto)

Davlat rahbari ushbu sanoat salohiyatini oshirish, aholi taomnomasini baliq mahsulotlari bilan boyitish, sohaga innovatsiyalarni joriy etish, tog‘oldi hududlarda intensiv usulda baliq yetishtirib, eksport hajmini oshirish masalalariga ko‘p marta to‘xtalgan. 2017-yilda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi tashkil etildi. Respublikada jami 4000 ga yaqin baliqchilik xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda. Yiliga 190 ming tonna baliq mahsulotlari yetishtirilyapti.

Ma’lum qilinishicha, mamlakat hududlarida intensiv usulda baliq parvarishlash korxonalari soni ham ortib bormoqda. Jumladan, 2019-yilda Namangan viloyatida baliq yetishtirish 6932 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilga kelib bu ko‘rsatkich 20 ming tonnaga yetishi kutilmoqda.

2018-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu viloyatga tashrifi davomida loyiha sifatida taqdimot qilingan DB Group Eco korxonasi 2019-yilda o‘z faoliyatini boshladi. Amalga oshirilgan loyiha qiymati 40 milliard so‘m bo‘lib, shundan 28 milliardi bank krediti, 12,5 milliardi esa loyiha tashabbuskori mablag‘idir.

Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1500 tonna baliq mahsulotini tashkil qiladi. Bu yerda Yevropa tajribasiga asoslangan holda baliqning noyob turlari, forel va losos baliqlarini intensiv usulda yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Baliq uvildiriqlari va ozuqasi Daniya va Germaniyadan keltiriladi.

Asosan chuchuk va kislorodga to‘yingan suvlarda yashaydigan, sovuqsevar ushbu baliq turlarini yetishtirish uchun korxona hovuzlariga suv Norin daryosining o‘zidan quyiladi va suv aylanma oqim bilan yana daryoning o‘ziga qaytadi. Bunda ortiqcha suv va energiya resursi sarflanmaydi.

Baliq uvildiriqdan to tovar holatiga yetguniga qadar 1—1,5 yil vaqt davomida parvarishlanadi. Korxona tasarrufidagi 5 gektar joyda uvildiriq va chavoqlar yetishtirish uchun yopiq suv havzalari hamda 66 ta ochiq hovuzlar barpo etilgan. 100 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona to‘liq ishga tushgach, 2000 tonna baliq chavog‘i yetishtirish imkoniga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda forel muzlatilgan holda, shuningdek, sovuq va issiq dudlangan, file va kam tuzlangan holatda ichki bozorga chiqarilmoqda.

“Aholi uchun bunday noyob baliq turlari hamyonbop bo‘lishi kerak. Buning uchun esa baliqning ozuqa-yemini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish zarur. Tannarx tushsagina bozori chaqqon bo‘ladi, odamlar dasturxoniga baliq yetib boradi, tadbirkor uchun ham foyda ikki hissaga ortadi”, — dedi davlat rahbari.

Korxona yil so‘nggiga qadar Singapur va Rossiyaga 300 tonna baliq eksport qilishni rejalashtirgan.

Prezident bunday korxonalarning qurilish loyihalarida baliq yetishtirishning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olib, jiddiy yondashish lozimligini ta’kidladi. Viloyatning Uchqo‘rg‘on, Mingbuloq, Uychi, Pop va Norin tumanlarida 299 milliard so‘m qiymatga ega 75 ta yangi loyiha amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Popda foydalanilmay yotgan yerda tashkil qilingan meva-sabzavotchilik klasteriga tashrif buyurdi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют