» » Shavkat Mirziyoyev: Aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash – asosiy vazifalarimizdan

Shavkat Mirziyoyev: Aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash – asosiy vazifalarimizdan


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kattaqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, Kattaqo‘rg‘on suv ombori havzasida baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida amalga oshiriladigan yirik chorvachilik va parrandachilik loyihalari bilan tanishdi

“Kattaqo‘rg‘on jayxun” fermer xo‘jaligi va “Kattaqo‘rg‘on baliqchilik” xususiy korxonasi tomonidan karp, oq amur, xitoy koyasi, oq va chipor do‘ngpeshona hamda boshqa turdagi baliqlarni, shuningdek, baliq chovoqlarini yetishtirishda Vyetnam texnologiyasidan foydalanish mo‘ljallangan. Ushbu ilg‘or texnologiya samaradorlikni besh barobargacha oshirishi bilan ahamiyatlidir. Hududda baliq mahsulotlarini qayta ishlash ham rejalashtirilmoqda.

Loyihani hayotga tatbiq etish uchun 5,1 milliard so‘m mablag‘ sarflanadi va natijada baliqchilik xo‘jaliklariga yiliga 2 million dona chavoq, 500 million dona lichinka, ming tonna omixta yem yetkazib beriladi. 400 tonna baliq qayta ishlanadi, 200 tonna qadoqlangan, 50 tonna dudlangan baliq mahsulotlari aholi iste’moli uchun yo‘naltiriladi.

Xo‘jalikda 40 yangi ish o‘rni yaratiladi.

O‘zbekiston Prezidenti Payariq, Samarqand tumanlarida “Maroqand baliq sanoat agro” agrofirmasi va “Oq amur baliqlari” fermer xo‘jaligi tomonidan “Ipoteka-bank” bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirdi. Mazkur loyihaga ko‘ra 450 gektar suv maydonida baliq chavoqlarini ko‘paytirish va baliq mahsulotlarini qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu ishlarni istiqbolli tashkil etish uchun 12 milliard so‘m mablag‘ jalb etiladi.

Loyihaning ishga tushurilishi natijasida baliqchilik xo‘jaliklariga 10 million dona chavoq, 300 tonna omixta yem yetkazib beriladi, 500 tonna baliq qayta ishlanadi. 300 tonna qadoqlangan, 50 tonna dudlangan baliq mahsulotlari xalq iste’moli uchun bozorlarga chiqariladi.

Loyihada 50 kishini ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev mazkur loyihalar bilan tanishar ekan, xalqimiz “luqmai halol” deb ta’riflaydigan baliq yetishtirishni yanada oshirish, bunda zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish, mahsulotlarni nafaqat ichki bozorga, balki eksportga ham yo‘naltirish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют