» » Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi “Art Soft Tex Group” korxonasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi “Art Soft Tex Group” korxonasi bilan tanishdi


Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi “Art Soft Tex Group” korxonasi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu yerda turli bichim va rangdagi sochiqlar, xalat, choyshab va boshqa mahsulotlar tayyorlanmoqda. Ular ichki bozorga, shuningdek, Rossiya, Ukraina, Bolgariya, Moldova va qo‘shni davlatlarga yetkazib berilmoqda. O‘tgan yili 290 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 9,4 million AQSh dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilingan. Joriy yilda eksport hajmini oshirish rejalashtirilgan.

Namangan shahri, Rishton va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida korxonaning bir nechta sexlari bor. Ularda 2 mingdan ziyod kishi mehnat qiladi. Yaqinda tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish kompleksi ishga tushirilishi bilan yana mingga yaqin ish o‘rni yaratildi.

“Art Soft Tex Group” faoliyatini kengaytirib, klaster usulida ishlashga o‘tmoqda. Korxona uchun Mingbuloq va Pop tumanlaridan yer ajratilgan, qishloq xo‘jaligi texnikalari sotib olingan.

Davlat rahbari korxonaning kelgusi rejalari bilan qiziqdi. Korxona tarkibida paxta tozalash, urug‘ yetishtirish, don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, issiqxona tashkil etilishi, chorva boqish, yem ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishini ma’qulladi.

Shu yerning o‘zida viloyatda parrandachilik, baliqchilik, chorvachilik, asalarichilik, quyonchilik, intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish, irrigatsiya va meliorativ tadbirlarni amalga oshirish, yer va kadastr tizimida innovatsion ishlanmalarni qo‘llashga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Prezident loyihalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish, ularni tezroq ishga tushirib, aholini ish bilan ta’minlash zarurligini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют