» » Yaponiyada “Garri Potter”ning sehrli olamiga bag‘ishlangan bog‘ barpo etiladi

Yaponiyada “Garri Potter”ning sehrli olamiga bag‘ishlangan bog‘ barpo etiladi


2023-yil Yaponiyada “Garri Potter” filmiga bag‘ishlangan yangi bog‘ paydo bo‘ladi, deb yozadi “Sky News”.

Tokioda qurilishi rejalashtirilgan bog‘ga tashrif buyuruvchilar filmdagi kabi dekoratsiya, liboslar, kinoni suratga olishda ishlatilgan rekvizitlarni ko‘rishi mumkin.

Bundan tashqari, muxlislar qayta tiklangan haqiqiy Xogvarts qal’asi, shuningdek, Kosom ko‘chasi va Gringotts sehrli bankini ham tomosha qiladi.

Bog‘ning maydoni Yaponiya poytaxtining markazidan poyezdda yarim soatlik masofada joylashgan Narmire tumanining 30 ming kvadrat metrini egallagan.

Mazkur joyda hozir ko‘ngilochar bog‘ va akvapark joylashgan bo‘lib, avgust oyi oxirida bog‘ning yopilishi rejalashtirilgan.

Britaniyada ham shunga o‘xshash bog‘ bor va u sayyohlarning sevimli markazi hisoblanadi. 2012-yilda ochilgan ko‘ngilochar maskanga shu kungacha 14 milliondan ortiq kishi tashrif buyurgan. “Garri Potter” sehrli olamiga bag‘ishlangan alohida attraksionlarni Universal Studios’ning Amerika va Yaponiyadagi bog‘larida tomosha qilish mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют