» » Toshkentda elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi foydalanishga topshirildi

Toshkentda elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi foydalanishga topshirildi


2020-yil 20-avgust kuni Hududiy elektr tarmoqlari AJ tomonidan Toshkentda Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Shu munosabat bilan tashkil qilingan marosimda nufuzli xalqaro tashkilotlar va energetika sohasi vakillari, mahalliy davlat idoralari, vazirlik va soha xodimlari ishtirok etgan. Hududiy elektr tarmoqlari AJ, Janubiy Koreyaning KT Corporation kompaniyasi hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) hamkorligida amalga oshirilgan mazkur loyiha Ozbekistonda energetika sohasini yanada rivojlantirishga, elektr energiya taminotida innovatsion texnologiya va yechimlardan foydalanishga qaratilgan.

2018-yil 23-oktabrdagi Elektr energetikasi tarmogini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taminlash chora-tadbirlari togrisidagi Prezident qaroriga asosan, 2021-yil iyul oyiga qadar respublika boylab 7,4 milliondan ortiq istemolchilarning barchasi elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi kozda tutilgan.

Hududiy elektr tarmoqlari AJ tomonidan Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha ayni kunlarda Ozbekistonning 70 dan ortiq tuman va shaharlarida 3,6 milliondan ziyod istemolchi xonadonlariga zamonaviy elektr hisoblagichlar ornatilgan. Tahlil natijalari ushbu tizimning sinov loyihasini amalga oshirish davomida istemolchilardan foydalanilgan elektr energiyasi uchun haq tolash darajasi 99 foizgacha osganligini korsatgan.

Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazida respublika, viloyat, tuman (shahar) va mahallalar kesimida elektr energiyasi istemolchilarining malumotlari saqlanadi. Dasturiy taminot orqali elektr energiyasining soatlik, sutkalik, oylik va yillik balanslarini shakllantirish, kop tariflik tizimida hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoni mavjud.

Qarzdor istemolchilarni toliq avtomatik ravishda ochirish va sarf qilingan elektr energiyasi uchun tolov amalga oshirilgandan song qayta yoqish, masofadan turib elektr hisoblagichlarni qayta dasturlash, istemolchilar hisoblagichlaridan olingan malumotlarni qayta ishlash hamda energetika tizimini nazorat qilish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Janubiy Koreyaning KT Corporation kompaniyasi tomonidan ushbu markazga Koreya, Xitoy, Singapur va AQSh kabi dunyoning yetakchi davlatlarida ishlab chiqarilgan server qurilmalari bilan taminlangan.

Markazda ornatiladigan dasturiy taminot 8 million istemolchini ulashga moljallangan, kelgusida istemolchilar sonini 20 millionga yetkazish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, avvalgi dasturdan farqli ravishda ushbu dasturiy taminotga energoobyektlarni (nimstansiyalar, elektr stansiyalar) ham ulash imkoni yaratiladi. Bugungi kunda Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida kichik markazlar qurilgan bolib, Samarqand viloyatidagi server zaxira (Back-up) sifatida foydalanishga topshirildi, deyilgan Energetika vazirligining xabarida.

2019-yil 17-yanvarda Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi tashkil etish boyicha KT Corporation kompaniyasi hamda Ozbekenergo AJ ortasida qoshimcha kelishuv imzolangan. 2019-yil 6-noyabrida Hududiy elektr tarmoqlari AJ, KT Corporation hamda moliyaviy hamkor Osiyo taraqqiyot banki vakillari ishtirokida markaz binosining ichki qismini toliq rekonstruksiya qilish va server qurilmalarini ornatish hamda hududlarda ornatilayotgan elektr energiyasi hisoblagichlarini malumotlarini qayta ishlash respublika yagona markaziga integratsiya qilish ishlariga start berilgan.

AvvalEnergetika vazirligi Elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Ozbekiston Respublikasi budjetini qollab-quvvatlash uchun Osiyo taraqqiyot bankining 200 million AQSh dollari miqdoridagi kreditini jalb qilish togrisidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qoygani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-08-2020, 08:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -