» » Merilin Monro, Sheron Teyt va taqdiri fojiali yakun topgan XX asrning boshqa yulduzlari

Merilin Monro, Sheron Teyt va taqdiri fojiali yakun topgan XX asrning boshqa yulduzlari


Merilin Monro, Sheron Teyt, Greys Kelli – bu ayollar qobiliyatli va omadli bo‘lgan, ammo juda erta hayotdan ko‘z yumgan. O‘tgan asrning yorqin yulduzlari va ularning fojiali taqdiri haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Merilin Monro (1926–1962)

Merilin Monro o‘z davrining eng go‘zal ayollaridan biri edi. U Gollivudda muvaffaqiyatli karyera qurdi. Unga eng muvaffaqiyatli va obro‘li kishilar, shu jumladan, o‘sha paytdagi AQSh prezidenti Jon Kennedi mulozamat qilgan, ammo aktrisaning shaxsiy hayoti juda fojiali kechdi.

Merilinning hayotini o‘rgangan biografning qayd etishicha, u ona bo‘lishni orzu qilgan. Ammo bir necha marta homilasi tushgani va bachadon tashqarisidagi homiladorlik tufayli ushbu orzu ushalmagan.

Monro sevgida omadsiz edi: U uch marta turmush qurgan, biroq ularning hech birida aktrisa oila qurish orzusiga erisha olmagan.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, aktrisa tez-tez qo‘rquv va tushkunlik xurujiga moyil bo‘lgan, shuningdek, uning kayfiyati juda tez o‘zgarardi. Buning oqibatida 1962-yil 5-avgustda 36 yoshli Merilin o‘z joniga qasd qilgan. O‘lim sababi kuchli barbiturat bilan zaharlanish edi.

Sheron Teyt (1943–1969)

Sheron Teyt o‘sib borayotgan kino yulduzi va Roman Polansning rafiqasi edi. 26 yoshli, sarg‘ish sochli, ko‘zlari katta go‘zalni Gollivudda muvaffaqiyatli va mashhur bo‘lishi taxmin qilingan edi, ammo 1969-yil 8-avgustdan 9-avgustga o‘tar kechasi uning hayoti fojiali yakun topdi.

Teyt to‘qqiz oylik homilador edi. O‘sha kuni Polans Londonda suratga olish ishlari bilan band, aktrisa esa Los-Anjelesda bo‘lgan.

Erini kutayotgan aktrisa do‘stlari Jeya Sebring, Voytek Frikovs va Ebigeyl Folger bilan vaqt o‘tkazishga qaror qiladi. Sheron ular bilan restoranda uchrashadi, keyin hamma Teyt va Polansning uyiga borgan. Kechasi jinoyatchi Charlz Menson to‘dasidagi kallakesarlar uyga bostirib kiradi va hammani o‘ldiradi, hatto Teytning itini ham ayamaydi. Sud ekspertlari shafqatsizlarcha o‘ldirilgan aktrisa tanasida 16 ta pichoq zarbasini aniqlagan.

Sheron Kaliforniya shtati Kalver shahridagi Muqaddas xoch qabristoniga vafotidan keyin Pol Richard Polans deb ism olgan chaqalog‘ini quchgan holda dafn qilingan.

Teyt va uning do‘stlarining qotillari hibsga olinib, o‘limga hukm etilgan. 1972-yil Kaliforniyada o‘lim jazosi bekor qilindi, shuning uchun hukm umrbod qamoq jazosiga o‘zgartirildi.

Greys Kelli (1929–1982)

Greys Kelli badavlat sanoatchi oilasida tug‘ilgan. Kellining oilasi Filadelfiyadagi hashamatli hovlida yashar edi. Bolaligidan Greys oliy jamiyat a’zosi edi, ammo bu unga yetarli bo‘lmadi. Bo‘lajak kino yulduzi ota-onasi yashagan dunyodan farqli bo‘lgan boshqa olamda muvaffaqiyatga erishishga intildi.

Kelli Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tdi. U yerda kimyo fanini o‘rgandi. Amerika drama san’ati akademiyasida aktyorlik mahoratidan saboq oldi. Kelli turli spektakllarda ko‘plab rollar uchun sinov topshirgan, ammo dastlab faqat reklama shartnomalarini olgan.

Kelli dastlabki rolini “Roppa-rosa peshinda” filmida o‘ynadi. Premyeradan so‘ng aktrisaga kinoda rol uchun takliflar kela boshladi. Greysning aktrisalik karyerasi muvaffaqiyatli bo‘ldi, ammo atigi bir necha yil davom etdi. Kannga sayohat paytida Kelli Monako knyazi Renye III bilan tanishadi va shu vaqtdan boshlab uning taqdiri yo‘nalishini o‘zgartirdi: kino yulduzi malikaga aylandi.

Kellining Renye III bilan nikohi 26 yil davom etdi. Ular uch nafar farzandni katta qildi va baxtli hayot kechirdi. Afsuski Greysning hayoti 52 yoshida nihoyasiga yetdi. 1982-yil 14-sentabrda mashina boshqarib ketayotgan Greys insultga uchradi va boshqaruvni yo‘qotdi. U bilan birga bo‘lgan qizi Stefaniya tirik qoldi, ammo Greysni qutqarib bo‘lmadi.

Vivyen Li (1913–1967)

Vivyen Li kino tarixidagi eng buyuk aktrisa, shuningdek, o‘tgan asrning eng go‘zal ayollaridan biri hisoblanadi. U aktrisalik sohasidagi baland cho‘qqilarni zabt etib, Skarlett O’Xaraning “Shamollarda qolgan hislarim” (1939) va Blansh Dyubuaning “Orzu tramvayi” (1951) filmlaridagi rollari uchun ikki karra “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Afsuski, aktrisaning shaxsiy hayoti unchalik muvaffaqiyatli emas edi. 40-yillarning o‘rtalarida Vivyenga sil kasalligi va bipolyar affektiv buzilishi tashxisi qo‘yilgan. Asta-sekin kasallik kuchayib bordi va Li ishlash qiyin bo‘lgan aktrisa sifatida shuhrat qozondi.

Sil kasalligining davriy qaytalanishi aktrisaning sog‘ligini zaiflashtirdi. Patalogiyaning kuchayishi, ikki homilasini yo‘qotishi va Blansh Dyubua roli, Vivyenning ta’kidlashicha, uni aqldan ozishga va manik-depressiv psixozning o‘tkir shakliga olib kelgan.

Aktrisa 1967-yil may oyida, 53 yoshida sil kasalligidan vafot etdi. Uning jasadi Golders-Grinda kuydirilgan, kuli esa Blekboyz suv omboriga sochilgan.

Judi Garlend (1922–1969)

Judi Garlend musiqali va dramatik filmlarda mashhur bo‘ldi. Uning karyerasi bolaligidan boshlanib, 47 yillik umrining 45 yili mobaynida davom etgan. Judi o‘smirlik davrida, Metro-Goldwyn-Mayer kino kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Aktrisa “Oz saltanati sehrgari” (1939) va boshqa 20 dan ortiq filmda rol o‘ynagan.

Garlend o‘zining professional g‘alabasiga qaramay, hayoti davomida shaxsiy muammolari bilan kurashdi. Aktrisa amfetaminga qaramlikdan aziyat chekdi. Bu stimulyatorni Metro-Goldwyn-Mayer talabiga ko‘ra qabul qila boshladi, bu uning vaznini boshqarish va to‘xtovsiz ishlashga imkon berdi. Amfetamin ta’sirini qoplash uchun Garlent uxlatadigan tabletkalarni ham ichgan va bunga odatlanib qolgan.

Judi juda uzoq azob chekdi: kinostudiyalarning kamsituvchi diktaturasi, to‘rtta muvaffaqiyatsiz nikoh, tushkunlik, bir necha bor o‘z joniga qasd qilishga urinish. U ko‘pincha psixiatrik klinikalarda yiliga bir necha oy davolandi. Garlend moliyaviy beqarorlikdan aziyat chekdi – ko‘pincha yuzlab dollar qarzlarini to‘lashga majbur bo‘ldi.

Hayotining so‘nggi yillarida Judining sog‘ligi shu qadar yomonlashdiki, u sahnaga chiqolmadi. Konsert o‘tkazishi kerak bo‘lgan zallarning egalari Garlendni shartnomani buzganlikda ayblab, sudga berdi. Soliq xizmati qarzini to‘lash uchun undan uyini tortib oldi.

1969-yil 22-iyunda Judi Garlend eri Mikki Dins tomonidan Londonda ijaraga olgan kvartirasining yuvinish xonasidan o‘lik holda topilgan.

2019-yilda Rubert Guldning “Judi” biografik filmi taqdimoti o‘tkazildi. Unda Garlend obrazini Rene Zellveger ijro etgan. Ushbu rol aktrisaga “Oskar” olib keldi.

Natali Vud (1938–1981)

Natali Vudni qachonlardir Natasha Zaxarenko deb atashardi. U San-Fransiskodagi rus va ukrainalik muhojirlar oilasida tug‘ilgan. Natali sakkiz yoshida kinoda suratga tushishni boshladi. Uning birinchi asosiy roli “34-ko‘chadagi mo‘jiza” filmida bo‘lgan.

“G‘arbiy tomon tarixi” (1961), “Jipsi” (1961), “Katta poyga” (1965) filmlari Vudga jahon shuhratini olib keldi. “O‘tloqdagi ulug‘vorlik” (1961) va “Munosib notanish bilan sevgi” kartinalaridagi rollari uchun ikki karra “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1979-yilda “Hozir va abadiy”  televizion filmidagi roli uchun “Oltin globus” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

1981-yil 29 dan 30-noyabrga o‘tar kechasi Kaliforniyaning Santa-Katalina orolida aktrisa yaxtada suzib ketayotganda g‘oyib bo‘ladi va uning jasadi Santa-Katalina sohilidan topiladi. O‘shanda kemada eri Robert Vagner, aktyor Kristofer Uoken va yaxta kapitani Dennis Devern ham bo‘lgan.

Aktrisaning o‘limi baxtsiz hodisa deb topilgan, ammo 2009-yildagi tergov natijasida yaxta kapitani Dennis aktrisaning g‘oyib bo‘lishidan oldin Vud va Vagner kemada katta janjal qilganini aytgan. Bundan tashqari Vud bolaligidan suvdan qo‘rqishi ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan. Shuning uchun aktrisaning yaqinlari uning yolg‘iz o‘zi okeanda suzmoqchi bo‘lganiga ishonmadi. Natalining tanasida ko‘karish va shishlar borligi aniqlangan. Asosiysi esa yulduzning hayoti 30 million dollarga sug‘urta qilingan, mobodo u vafot etgudek bo‘lsa, bu pullar uning eriga o‘tishi kerak bo‘lgan. Shunday bo‘ldi ham.

Biroz vaqt o‘tgach, politsiya tergovni qayta boshladi. Vudning o‘limi sababi “tasodifan cho‘kishdan” “cho‘kish va boshqa sabablarga” o‘zgartirildi, ammo Vagner hibsga olinmadi. Hozir u 90 yoshda, Vudning o‘limidan o‘n yil o‘tgach, aktrisa Jill St.Jonga uylangan.

Jia Karanji (1960–1986)

Tarixdagi birinchi supermodellardan biri Jia Karanji 26 yoshda vafot etgan. U nafaqat model sifatida, balki shaxsiy hayoti bilan ham mashhur edi.

Jianing surati Vogue jurnali muqovasida paydo bo‘lganidan ikki yil o‘tgach, moda olami undan yuz o‘girdi: hech kim uning giyohvandlikka moyilligi va jahli tez chiqadigan fe’l-atvoriga dosh berishga tayyor emas edi. Karanji giyohvandlikka qarshi kurashishga urindi, ammo u mag‘lub bo‘ldi. So‘nggi yillarda u matbuot e’tiboridan qoldi. Narkotiklarga qaramlik kuchayib ketib, puli yo‘qligidan sobiq supermodel fohishalik yo‘liga kirdi.

Jia 26 yoshda OITS sabab vafot etdi. Uning o‘limi haqida keng ommaga bir yildan so‘ng ma’lum qilindi. Modelning hayotiy hikoyasi Anjelina Joli bosh rolni ijro etgan “Jia” filmida ko‘rsatilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют