» » Krishtianu Ronaldu JCh—2022 musobaqasida qatnashadimi? Portugaliya termasi ustozi javob berdi

Krishtianu Ronaldu JCh—2022 musobaqasida qatnashadimi? Portugaliya termasi ustozi javob berdi


Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush hujumchi Krishtianu Ronalduning JCh—2022 musobaqasida o‘ynay olish imkoniyati haqida gapirdi.

Bu haqida hali o‘ylab ko‘rmadim. Hammasi uning o‘ziga bog‘liq, u o‘zini qanday his qilishi muhim. Agar Ronaldu saviyasini saqlab qolsa, u holda terma jamoada bo‘ladi. Shak-shubhasiz. Uning nafaqat jismoniy holati, balki ruhiy holati qanday bo‘lishi ham juda muhim.

O‘ylashimcha, agar favqulodda birorta holat yuz bermasa Ronaldu 39 yoshida ham yuqori saviyada o‘ynashda davom etadi. Balki mashg‘ulotlarni tartibga solish orqali bunga erishilar. Endi o‘yinchilar nafaqat o‘zining eng yuqori saviyasi bilan, balki bu darajani uzoq yillar ushlab qolish orqali jahon miqyosidagi yetakchiga aylanmoqda, bunaqasi avval bo‘lmagan. Bu hayratlanarli.

Ronaldu 50 yoshida ham plyajda futbol o‘ynashni va unda g‘olib chiqishni xohlaydi.

Fernandu Santush, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi

35 yoshli Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 164 ta o‘yin o‘tkazib 99 ta golga mualliflik qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют