» » Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 53-het-trikiga erishdi

Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 53-het-trikiga erishdi


Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasi yarim finalida Shveysariya darvozasiga 3 ta gol urdi (3:1).

Shu bilan birga Ronaldu terma jamoa safida o‘zining yettinchi va faoliyatidagi 53-het-trikiga erishdi.

Joriy mavsum hisobida 34 yoshli hujumchi Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalida “Atletiko”ga qarshi o‘yindan keyin ilk marta het-trikka erishdi (3:0).

Terma jamoa safida esa Ronaldu Jahon Chempionati—2018 da Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng birinchi marotaba bitta uchrashuvda 3 ta gol urdi (3:3).

Qayd etish joiz, bu Krishtining Portugaliya tarkibida 157 ta bellashuvdagi 88-goli bo‘ldi.

Ronaldu terma jamoada gol urish borasida faqatgina eronlik Ali Dayidan ortda qolmoqda (109 ta gol).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 23) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют