» » Tixanovskaya yangi prezidentlik saylovlari o‘tkazilsa, o‘z nomzodini ilgari surmasligini ma’lum qildi

Tixanovskaya yangi prezidentlik saylovlari o‘tkazilsa, o‘z nomzodini ilgari surmasligini ma’lum qildi


Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya mamlakatda saylovlar qayta o‘tkaziladigan bo‘lsa, prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

“Prezidentlikka nomzodimni qo‘yishni rejalashtirmayapman”, — deydi Tixanovskaya.

Shuningdek, u Belarusdagi inqirozni bartaraf etishga xorij davlatlari aralashmasligi kerakligini qayd etgan. “Ushbu masala mamlakat ichida, boshqalar aralashuvisiz hal etilishi lozim”, — deya ta’kidlagan Tixanovskaya.

“Muvofiqlashtiruvchi kengash aynan shu sababli tuzilgan bo‘lib, u inqirozni bartaraf etish va tinchlik muzokaralarini o‘tkazishda vositachi rolini bajaradi. Bu esa barchamizga yangi adolatli va shaffof saylovlarni tashkillashtirishimizga yordam beradi. Barchasi mamlakat ichida hal etilishi kerak”, — deydi Tixanovskaya.

Avvalroq Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya Yevropa Kengashiga videomurojaat bilan chiqib, Yevropa yetakchilaridan Belarusdagi saylov natijalarini tan olmaslikni so‘ragandi. Shundan so‘ng Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi natijalarini tan olmasligi ma’lum qilindi. Shuningdek, Yevroittifoq Belarus fuqarolariga yordam berish uchun 53 million yevro mablag‘ ajratadi.

Mavzuga doir: Belarusda muxolifatning muvofiqlashtiruvchi kengashi tuzilgani sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Eslatib o‘tamiz, Belarus muxolifati Lukashenkoning takroriy prezident saylovlarida qatnashishiga xalal bermaslikka va’da bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют