» » Dilshod Nuraliyev: “Lokomotiv” futbolchilarining jismoniy holati bu qadar yomon deb o‘ylamagandim

Dilshod Nuraliyev: “Lokomotiv” futbolchilarining jismoniy holati bu qadar yomon deb o‘ylamagandim


“Lokomotiv” bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Dilshod Nuraliyev Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘yindan (1:2) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Men uchun birinchi navbatda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Xatolarimiz ko‘p, ularni ustida ishlashimiz kerak. Futbolchilarni jismoniy holati bu qadar yomonligini kutmagandim, menda bular bilan mashg‘ulot o‘tishga vaqt bo‘lmadi. Uchrashuv tugashiga 20 daqiqa qolganida futbolchilarim charchab qoldi. Imkoniyat berilsa xatolar ustida ishlaymiz.

Qo‘limdan kelganicha mehnat qilaman, mehnatdan qochmaganman. Tarkibdagi tajribali futbolchilar o‘ynashni biladi. Qo‘qon jamoasidan yomon o‘ynadik deya olmayman. Qaysidir vaziyatda yaxshi o‘ynadik, qaysidir vaziyatda xato qildik. Ko‘p vaziyat yaratmagan bo‘lsakda bir nechta vaziyatlarni golga aylantirsak bo‘lardi. Qo‘qonga omad ham keldi, ikkita rus tilida aytganda “kuryozniy” (g‘alati) gol urib ketdi. Mag‘lubiyatda barcha birdek aybdor, “Lokomotiv” muxlislaridan uzr so‘rayman. Keyingi uchrashuvlarda futbolchilarning ishtiyoqini oshirishga qo‘limdan kelganicha harakat qilaman.

Birinchi galda yigitlarning jismoniy holatini tiklashga e’tibor qaratamiz. Keyingi o‘yin derbi, “Paxtakor”ga qarshi maydonga chiqamiz, yigitlar ham vaziyatni tushunib turibdi. Qo‘ldan kelgancha vaziyatni to‘g‘irlashga harakat qilamiz.

Jamoani bosh murabbiy sifatida boshlab tushish kutilmagan xabar bo‘ldi. Klub rahbarlari chaqirib bu qarorni aytganda shoshilib qoldim, kutilmaganda bo‘lib qoldi. Biz murabbiymiz, tayinlashadi, olishadi. Vaziyatdan chiqib ketishga qo‘limdan kelgancha harakat qilaman.

Dilshod Nuraliyev, “Lokomotiv” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi

“Lokomotiv” 11-turdan keyin 12 ochko bilan 9-o‘rinda ketmoqda. Jamoa keyingi turda “Paxtakor”ga qarshi bahs olib boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют