» » Dilshod Nuraliyev “Lokomotiv” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Dilshod Nuraliyev “Lokomotiv” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi


“Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov jamoaning qoniqarsiz natijalari sabab iste’foga chiqarilgani xabar berilgandi.

“Temiryo‘lchilar” matbuot xizmatining xabar berishicha, 21-avgust kuni rahbariyat futbolchilar bilan uchrashib, shu paytgacha “Lokomotiv” U-21 jamoasini boshqarib kelgan Dilshod Nuraliyev asosiy tarkib bilan ishlashini ma’lum qilgan.

Dilshod Jo‘rayevich “Lokomotiv” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi lavozimida ish olib boradi. 21-avgust kuni Olmaliq shahridagi OKMK stadionida bo‘lib o‘tadigan “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” bahsida “temiryo‘lchilar”ni malakali murabbiy, bir necha o‘nlab shogirdlar ustozi Dilshod Nuraliyev boshqaradi.

“Lokomotiv” bayonoti

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” Superliga 10-turidan keyin 12 ochko bilan 9-pog‘onani egallab turibdi.

Mavzuga doir: Superliga 11-tur uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют