» » Andrey Fyodorov: “Lokomotiv”da tarkib borasida jiddiy muammo bor, jarohatlangan va kasallanganlar ko‘p

Andrey Fyodorov: “Lokomotiv”da tarkib borasida jiddiy muammo bor, jarohatlangan va kasallanganlar ko‘p


Toshkentning “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi Andrey Fyodorov Coca-Cola Superliga 10-turida OKMKga qarshi o‘yinda (1:3) qo‘ldan boy berilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.

O‘yin haqida gapirish qiyin. Ikki xil bo‘limning guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda futbolchilar murabbiylar yuklagan ko‘rsatmalarni bajara oldi. Ikkinchi bo‘limda jarimadan urilgan gol esa barchasini o‘zgartirib yubordi. Golda o‘zimiz aybdormiz. Shuning ortidan tashabbus OKMK tomoniga o‘tib ketdi.

O‘zgarishlar orqali o‘yinni kuchaytirishni harakat qildik. Ammo o‘zgarishlar yordam bermadi va aksincha yomon o‘ynashni boshladik. Bizdagi eng katta muammo — tarkib. Afsuski kasallangan, jarohatlanganlar ko‘p. Shuningdek, asosiy futbolchilar ham jamoani tark etdi. Iloji boricha tezroq qaytishga harakat qilamiz. Birinchi bo‘limda yomon o‘ynamadik, ikkinchi bo‘limda nima bo‘lganini esa muhokama qilamiz.

Ignatiy Nesterov jamoani tark etish borasida o‘zi qaror chiqardi. Umuman olganda futbolchining jamoasini o‘zgartirish futboldagi oddiy holat. U “Lokomotiv” uchun borini berdi va ketishga qaror qildi. Qarorni hurmat qilamiz. Uning ketishi bizga u qadar katta ta’sir qilmasa kerak.

Andrey Fyodorov, “Lokomotiv” bosh murabbiyi

“Lokomotiv” 10-turga kelib 12 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. “Temiryo‘lchilar” keyingi turda “Qo‘qon-1912”ga qarshi bahs olib boradi.

Mavzuga doir: Mirjalol Qosimov: “Qo‘pol xato tufayli gol o‘tkazdik”

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют