» » Tachmurod Agamurodov: Zaxiradan tushayotgan futbolchilar o‘yinni kuchaytira olmayapti. Ular jamoani kuchsizlantirmoqda

Tachmurod Agamurodov: Zaxiradan tushayotgan futbolchilar o‘yinni kuchaytira olmayapti. Ular jamoani kuchsizlantirmoqda


Coca-Cola Superliga 7-turi doirasida kechgan “Lokomotiv” — “Qizilqum” uchrashuvidan (3:0) so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Dastlab mehmonlar ustozi Tachmurod Agamurodov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Umuman olganda o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Birinchi bo‘limda raqibga ustunlikka erishishi uchun imkoniyat bermadik. Afsuski, tarkib borasida bizda muammolar bor. Zaxiradan tushayotgan futbolchilar o‘yinni kuchaytira olishmayapti, aksincha, jamoani kuchsizlantirmoqda. Bahsning yakunida bo‘lgan vaziyatlarni inobatga olmasak, o‘yin durangga mos edi. Hechqisi yo‘q, ishlashda davom etamiz. “Lokomotiv”ni esa g‘alaba bilan tabriklayman.

Bizga sifatli futbolchilar yetishmayapti. Qo‘l ostimizdagi futbolchilarni ishlatyapmiz. Shu boisdan uzoqqa bora olmayapmiz. Chunki boshdan baland sakrab bo‘lmaydi. Natijalarga erishish uchun shunga yarasha futbolchilar kerak.

Jamoa to‘rtta o‘yindan buyon gol ura olmayapti? Qanday qilib gol ura olamiz? Ruxsatdan keyin atigi 7-8 kun mashg‘ulotlarda qatnashdik. Menimcha bunday holat deyarli barcha klublarda bo‘ldi. Ammo mening futbolchilarim jismoniy va funksional jihatdan yetarlicha tayyorgarlikka erisha olmadi. Shuningdek, futbolchilarga sovuqqonlik va mahorat ham yetishmayapti. Bu yerda biror futbolchini gapirib, uyaltirmoqchi emasman.

Avgust oyida jamoada katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Kamida 7-8 futbolchi bilan xayrlashamiz. Ularning o‘rniga sifatli futbolchilar olamiz. Hozirgi yomon holatdan chiqib olish uchun bizga kuchli tayyorgarlikka ega futbolchilar talab qilinadi”, — deya Agamurodovning so‘zlarini keltirmoqda “Championat.asia”.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov qatnashdi.

“Ketma-ket uch marta mag‘lub bo‘lganimizdan keyin haftalik sikl ishlab chiqdik. Mashg‘ulotlar davomida jamoaning o‘yini kuchayganligi ham sezilayotgandi. Futbolchilarning ham jismoniy tomonlama, ham kayfiyati yaxshilandi. Umuman olganda ko‘plab faktorlar ijobiy tomonga o‘zgardi. Bizga faqatgina gollar bosim berishi mumkin edi. O‘sha yutqazgan o‘yinlarimizda urilmagan vaziyatlarni qo‘rquv bilan emas, balki, futbolchilarning o‘zlariga bo‘layotgan ishonchsizligiga bog‘lasam bo‘ladi. Balki bugun ham ayrim vaziyatlarda shunday holatlar yuzaga kelgandir. Futbolchilarga raqib jarima maydonchasi ichida maksimum ishlash kerakligini aytgandim. Birinchi bo‘limda ham shogirdlarim bir necha vaziyatlarni golga aylantira olmagan paytda menda yana o‘sha hissiyotlar paydo bo‘la boshlagandi.

Goldan keyin esa biroz xotirjam o‘ynashni boshladik, yelkadan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldi. Mag‘lubiyatlar futbolchilarning harakatlariga, ayniqsa, to‘p bilan harakat qilishda biroz ishonch baxsh qildi. Jamoa himoyada tartibli harakat qildi. Shu sababli bugungi natijani adolatli deb ayta olaman. O‘tgan o‘yinlardan keyin qo‘lni ko‘tarib taslim bo‘lmasdan, ishlashda davom etib, jangda g‘alabaga erishgani uchun futbolchilarga rahmat aytib qolaman.

Avazbek O‘lmasaliyev bugun u yaxshi o‘ynadi. Menimcha u bugungidan ham yaxshi o‘ynay oladi, ayniqsa, taktik tomonlama tartibli harakat qilmoqda. U bilan bu borada hali gaplashib olamiz. Avaz talab qilingan o‘yinni bizga ko‘rsata oldi deya olaman. Marat Bikmayev navbatdagi o‘yinga tayyor bo‘lishi kerak”, — deydi Fyodorov.

“Lokomotiv” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 9 taga yetkazib oldi va 8-o‘ringa ko‘tarildi. “Qizilqum” (1) esa so‘nggi pog‘onada bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют