» » “Paxtakor” bilan 4 marta chempionlikka erishgan Tachmurod Agamurodov “Qizilqum” bosh murabbiyiga aylandi

“Paxtakor” bilan 4 marta chempionlikka erishgan Tachmurod Agamurodov “Qizilqum” bosh murabbiyiga aylandi


Turkmanistonlik mutaxassis Tachmurod Agamurodov “Qizilqum” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

“Championat.asia”ning xabar qilishicha, Agamurodov bundan keyin navoiyliklar klubini boshqarib boradi. 67 yoshli mutaxassis “Qiziqum”da Hamidjon Aktamovning o‘rnini egalladi. Biroq bu haqda klub hali rasmiy ma’lumot bergani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Tachmurod Agamurodov Turkmanistonning “Neftchi”, “Nisa” va boshqa bir qator klublari, Qozog‘istoning “Qayrat” jamoasini boshqargan.

Mutaxassis O‘zbekistondagi faoliyatini 2001-yilda “Paxtakor”da boshlagan va toshkentliklar klubida 2006-yilga qadar ishlab, to‘rt marta O‘zbekiston chempionati va uch bor mamlakat Kubogida zafar quchgan. Shuningdek, Agamurodov “Dinamo Samarqand” (2007-2008 va 2014-2015), “Lokomotiv” (2010-2011), “Sho‘rtan” (2011), “Buxoro” (2012-2013) kabi jamoalarni boshqargan. O‘tgan mavsum ikkinchi yarmida Agamurodov “Dinamo” bosh murabbiyi etib tayinlgandi, biroq mutaxassis jamoani Superligada olib qola olmadi.

“Qizilqum” klubini 2016-yildan buyon Hamidjon Aktamov boshqarib kelayotgandi. Avvalroq mutaxassis klub rahbariyatidan joy olishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshlarida “Qizilqum”da prezident o‘zgargan va sobiq hakam Hasan Ro‘ziyev rahbariyat tepasiga kelgandi.

Mavzuga doir: Superliga 4-tur o‘yinlari boshlanish vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 123) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют