» » “Lokomotiv” Andrey Fyodorovni yana ishdan bo‘shatdi

“Lokomotiv” Andrey Fyodorovni yana ishdan bo‘shatdi


Toshkentning “Lokomotiv” klubi jamoa ustozi Andrey Fyodorov iste’foga chiqarilganini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, “Loko”ning Superliga doirasida ketma-ket ikkita o‘yindagi mag‘lubiyatidan so‘ng klub rahbariyati futbolchilar bilan uchrashuv o‘tkazgan va unda Andrey Fyodorovning endi bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormasligi bildirilgan.

Ta’kidlash joiz, “Lokomotiv” Superliganing ortda qolgan 10 ta turida 12 ochko jamg‘ardi, xolos. “Temiryo‘lchilar” 4 ta o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 6 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. “Lokomotiv” 11-tur bahsida “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 21-avgust kuni Olmaliqda bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Fyodorov murabbiylik faoliyatini Farg‘onaning “Neftchi” klubida boshlagan. Shundan so‘ng 2018-yil aprelida Andrey Miklyayev o‘rniga “Lokomotiv” bosh murabbiyi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlangan. 2019-yilgi Superliga 1-davrasi yakunida Fyodorov iste’foga chiqarilib, uning o‘rniga Samvel Babayan bosh murabbiy etib tayinlanadi. 2019-yil dekabrida esa Samvel Babayan Toshkent klubini tark etib, Xitoy chempionatiga yo‘l oladi. Uning o‘rnini esa Andrey Fyodorov egallagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют