» » Samvel Babayan haqidagi xabar rad etildi

Samvel Babayan haqidagi xabar rad etildi


“Lokomotiv” klubi prezidentining maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Samvel Babayan jamoa bosh murabbiyligiga tayinlanishi haqidagi xabar rad etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unga ko‘ra Andrey Fyodorov iste’foga chiqarilmagan. Har holda “temiryo‘lchi”larni O‘zbekiston superligasi 10-tur uchrashuvlari doirasidagi “Nasaf”ga qarshi safar o‘yinida aynan Fyodorov boshqarib boradi. Mazkur o‘yindagi natija ko‘p jihatdan Fyodorovning kelgusi taqdiriga ham bog‘liq.

Shuningdek, Samvel Babayan bugun bo‘lmasa keyinroq “Lokomotiv” bosh murabbiyiga aylanib qolishi ham ehtimoldan xoli emas.

Eslatib o‘tamiz, Andrey Fyodorov 2018-yilning aprel oyida Andrey Miklyayev o‘rniga “Lokomotiv” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют