» » O‘zbek futbolidan haydalgan Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubi prezidentiga maslahatchi bo‘ldi

O‘zbek futbolidan haydalgan Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubi prezidentiga maslahatchi bo‘ldi


O‘zbekiston terma jamoasi sobiq murabbiyi Samvel Babayan “Lokomotiv” futbol klubida faoliyat olib boradi. Babayan “Lokomotiv” professional futbol klubi prezidenti(Mansur Rajabovning) maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.

Klub matbuot xizmati bergan xabarda shunday deyiladi: “Futbol muxlislariga yaxshi ma’lum, Samvel Babayan asosan “Paxtakor” futbol klubidagi bir necha yillik faoliyati orqali keng jamoatchilikka tanilgan. Uning katta tajribasi hamda o‘zbek futbolidagi samarali mehnatini inobatga olib “Lokomotiv” PFK rahbariyati ishga taklif etdi. Samvel Babayan “Paxtakor”dagi faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan. U rahbarlik qilgan yillari “Paxtakor” 9 bor mamlakat milliy chempionati hamda 8 marta O‘zbekiston Kubogi g‘olibi deb topilgan. Bundan tashqari “Paxtakor”ning ikki bor (2002/2003, 2004) Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finaliga yetib borishida uning hissasi bor. 2002-yil mavsum yakunlariga ko‘ra, Toshkent klubi uning qo‘l ostida “Osiyoning eng yaxshi futbol klubi” deb topilgan. Shuningdek, MDH Kubogining 2007-yilgi musobaqasida chempion bo‘lishi hamda keyingi yil finalga qadar yetib borishida qo‘shgan hissasi katta. Bundan tashqari Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham mehnat qilgan. Shuningdek, Samvel Vyacheslavovich turli yillarda O‘zbekistonning olimpiya, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalariga “Paxtakor” menejeri sifatida 200 ga yaqin futbolchilarni tarbiyalab bergan. Ta’kidlash joiz, Samvel Babayan ikki bor O‘zbekistonning “Eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan”.

Ma’lumot uchun, Samvel Babayan O‘FF (hozir O‘FA) Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 2018-yil 15-yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod chetlashtirilgan edi. Keyinroq mutaxassis Latviyada ish boshlagach, tashkilot bu qarorning faqat O‘zbekistonda amal qilishini ma’lum qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют