» » Fakt: Ispan klublari so‘nggi 18 yil ichida Yevrokuboklarning 15 ta finalida boshqa mamlakat klublarini mag‘lub etdi

Fakt: Ispan klublari so‘nggi 18 yil ichida Yevrokuboklarning 15 ta finalida boshqa mamlakat klublarini mag‘lub etdi


“Sevilya” Yevropa Ligasi finalida “Inter”ni mag‘lub etib (3:2), musobaqa g‘olibiga aylandi.

Shu tariqa ispan klublari 2002-yildan beri Yevrokuboklarning barcha 15 ta finalida boshqa davlat klublarini mag‘lub etishning uddasidan chiqdi.

Bu davr ichida “Real” uch marta, “Barselona” esa to‘rt marta Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan.

2004-yilda “Valensiya” UEFA Kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Sevilya” 5 bor UEFA Kubogi/Yevropa Ligasida g‘olib chiqqan. “Atletiko” esa ikki marta musobaqa (Yevropa Ligasi) bosh sovriniga ega chiqqan.

Qayd etish joiz, La Liga jamoalari so‘nggi marta 2001-yilda Yevrokuboklar finalida boshqa mamlakat jamoalariga mag‘lub bo‘lgan. O‘shanda “Alaves” UEFA Kubogi finalida “Liverpul”ga, “Valensiya” esa Chempionlar Ligasi finalida “Bavariya”ga yutqazib qo‘ygandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют