» » O‘zbekistonda 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?


Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali O‘zbekistonda 2020-yil 1-sentabrdan boshlab kuchga kiradigan o‘zgarishlarni eslatib o‘tdi.

1. Pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 10 foizga oshiriladi va quyidagicha belgilanadi:

2. Xorazm viloyati va Toshkent shahri o‘rtasidagi eksport qatnovlarda eksport qiluvchilarga temiryo‘l yuk qatnovi tariflariga 50 foiz chegirma joriy etiladi.

3. Xorijga olib chiqib ketish mumkin bo‘lgan naqd valyuta miqdori oshadi

Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 million so‘m ekvivalentidan ortiq O‘zbekiston naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi uchun deklaratsiya to‘ldiriladi (amalda 2 ming dollar).

Shuningdek, 100 million so‘mga teng yoki undan oshmaydigan naqd valyuta O‘zbekistondan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga amal qilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi (amalda 5 ming dollar).

4. Davlat boshqaruvi organlari, ularning hududiy bo‘linmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar tomonidan o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berish tartibi joriy etiladi.

5. Barcha auksion savdolari natijalari QR-kodni qo‘llash orqali rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, E-Ijro Auksion tizimida quyidagi tartiblar joriy qilinadi:

6. Chegara bojxona postlarida “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi joriy etiladi va buning natijasida bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflanadigan vaqtni eksportda 5 barobarga va importda 2 barobarga qisqartirishga erishiladi.

7. Ro‘yxatdan o‘tmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun bo‘ladi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida O‘zbekiston fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish yuzasidan quyidagi tartibotlar kuchga kiradi:

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom kuchga kiradi.

8. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bilan bog‘liq ishlar idoralararo elektron hamkorlik orqali “yagona darcha” tamoyili asosida Ichki ishlar vazirligining “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida amalga oshiriladi.

9. Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida joylashgan tibbiyot OTMlarida belgilangan tartibda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashlar tashkil etiladi.

10. Davlat buyurtmasi asosida bosma mahsulotlar, shu jumladan, darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish, O‘zbekiston norezidentlari ham qatnashishi mumkin bo‘lgan, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

11. Soliq va statistika hisobotlari ma’lumotlari hamda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi ma’lumotlari asosida qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi.

12. Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom kuchga kiradi.

Nizomga muvofiq, soliq qarzi quyidagi hollarda undirilishi umidsiz deb e’tirof etiladi:

13. Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasida bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti tashkil etiladi.

14. Davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi konsert, madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda to‘liq jonli ijro asosida o‘tkazilgan konsert dasturlari uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma berish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, Madaniyat vazirligi tomonidan xarid qilingan, ommaviy ijroga mo‘ljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni xususiy teatrlarda ham sahnalashtirish va ijro etishga ruxsat beriladi.

Quyidagi tartib joriy etiladi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют