» » O‘zbekistonda xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun ruxsatnomadan bir marta foydalanish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun ruxsatnomadan bir marta foydalanish mumkin bo‘ladi


Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalari tasdiqlandi, deb yozadi Norma.

Hujjatning avvalgi tahriri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 6-dekabrdagi Farmoniga muvofiq kelmagani uchun o‘z kuchini yo‘qotdi.

Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 2000 (ikki ming) AQSh dollari ekvivalentidan ortiqcha miqdordagi naqd xorijiy valyuta unga deklaratsiya to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.

Bunda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida olib kirilayotgan yoki olib chiqib ketilayotgan naqd xorijiy valyutaning jami summasi ko‘rsatiladi.

Jismoniy shaxsning xohishiga ko‘ra ekvivalenti 2 000 (ikki ming) AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd xorijiy valyuta deklaratsiyalanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga naqd xorijiy valyutani erkin olib chiqib ketish jismoniy shaxslarga ekvivalenti 5 000 (besh ming) AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda ruxsat etiladi.

Belgilangan summadan ortiqcha mablag‘ni olib chiqib ketish:

rezidentlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi, ushbu ruxsatnomada olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy valyutaning jami summasi ko‘rsatiladi;

norezidentlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida amalga oshiriladi, ushbu deklaratsiyada naqd xorijiy valyuta summasi olib chiqib ketilayotgan naqd xorijiy valyuta summasidan kam bo‘lmagan miqdorda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Rezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasini va norezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini ishlatish bir marotaba amalga oshiriladi va kelgusida ekvivalenti 5 000 (besh ming) AQSh dollaridan ortiqcha naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun asos sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 122) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют