» » Superliga. “Navbahor” “Mash’al”ga yutqazib qo‘ydi, “Buxoro” mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Superliga. “Navbahor” “Mash’al”ga yutqazib qo‘ydi, “Buxoro” mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superliga 11-turidan o‘rin olgan 22-avgust, shanba kungi ikkita o‘yin yakunlandi.

“Navbahor” jamoasi “Mash’al”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 29-daqiqasida Samandar Shukurullayev muborakliklarni oldinga olib chiqdi. Shu bilan o‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Mash’al” ochkolarini 13 taga yetkazib olgan holda 8-o‘ringa ko‘tarildi. “Navbahor” (18) esa 6-o‘rinda qoldi.

Parallel kechgan bahsda “Buxoro” va “Surxon” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. O‘yinning 31-daqiqasida Husniddin G‘ofurovning avtogolidan keyin buxoroliklar oldinga o‘tib oldi. Ushbu gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi.

Shu tariqa “Buxoro” mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritgan holda ochkolarini 6 taga yetkazdi va 13-pog‘onaga ko‘tarildi. “Surxon” (8) 11-o‘rinda qoldi.

Coca-Cola Superliga

11-tur bahslari

22-avgust, shanba

Gol: 0:1 – 29 Shukurullayev.

“Navbahor”: ?Dilshod Hamroyev, Azimjon Ahmedov, Javlon Ibrohimov (Pavel Golishev, 46), Azizbek Turg‘unboyev, ?Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, ?Islom Rashidxonov (Shohruh Mahmudhojiyev, 61), ?Xurshidbek Muxtorov, Tohirjon Shamsiddinov, ?Abbosjon G‘ulomov (G‘iyosjon Komilov, 80), Zabihillo O‘rinboyev (Ruslan Bolov, 46).

?“Mash’al”: Rahimjon Davronov, Najmiddin Normurodov, Ifeani Ifeani, Nikita Pavlenko (Ibrohim No‘‘monov, 75), Sherzod Temirov, Jamoliddin Ubaydullayev, Abbos Shodmonov (Muhammadali Aliqulov, 83), Sardor Abduraimov (Ella Ken Armand, 75), Sirojiddin Qo‘ziyev, Samandar Shukurillayev, Humoyun Murtozayev (Denis Vasilev, 83).

Ogohlantirish: Ifeani (48), Ahmedov (52).

Gol: 1:0 – 31, avtogol G‘ofurov.

“Buxoro”: Zafar Safayev, Mirjalol Jumayev, Bobur Omonov, Anvar Jo‘rayev, Jasur Hakimov (Shahzod Beshimov, 79), Jasur Hasanov, Bekzod Saidov, Ergash Ismoilov, Aziz Amonov, Izzatilla Abdullayev (Zohir Pirimov, 67), Solibek Karimov.

“Surxon”: Asilbek Amonov, Abduqahhor Xojiakbarov (Muhammadali Namozov, 90), Rahmatullo Berdimurodov (O‘ral Choriyev, 90), Husniddin G‘ofurov, Sherzod Karimov, Shavkat Salomov (Sardor Sulaymonov, 60), Nuriddin Hasanov (Behruz Shaydulov, 69), Husniddin G‘ofurov (1997), A’zamjon Aliyev, Jahongir Mehmonov, Asror G‘ofurov.

Ogohlantirishlar: Hasanov (64), Jo‘rayev (65), Hojiakbarov (83).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют