» » Yaqin Sharqning eng katta bozori. 22-avgust – qadimiy Petra shahri xarobalari topilgan kun (fotogalereya)

Yaqin Sharqning eng katta bozori. 22-avgust – qadimiy Petra shahri xarobalari topilgan kun (fotogalereya)


Petra – hozirgi Iordaniya hududida joylashgan, miloddan avvalgi IV asrda bunyod bo‘lgan shahardir. O‘z zamonasining sanoqli megapolislaridan biri va yirik savdo shahri hozirgi paytga kelib muhim arxeologik va sayyohlik maskani bo‘lib xizmat qilmoqda. 1812-yil 22-avgust kuni shveysariyalik tadqiqotchi Yoxan Lyudvig Bukxard tomonidan Petraning noyob xarobalari topildi. “Daryo” sana munosabati bilan “Atirgul shahar” nomini olgan shahar tarixi haqida hikoya qiladi. 

“Atirgul shahar” hozirgi Iordaniyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan hududida yashovchi arab badaviylaridan bo‘lgan nabatiylar tomonidan savdo punkti sifatida tashkil qilingan. Shaharda istiqomat qilib savdo qilgan nabatiylar tez orada katta boylik yig‘di va hasadgo‘y yunon imperiyasi miloddan avvalgi 312-yilda Petraga hujum uyushtirdi. Aynan ushbu voqea qadimgi Petra shahrining birinchi tarixiy voqeasiga aylandi. Jangda mahalliy aholi g‘alaba qozondi.

Ammo bu yagonaligicha qolmadi: rimliklar miloddan avvalgi 106-yilda Petra shahriga bostirib kiradi, oxir-oqibat shahar aholisi mag‘lub bo‘ladi. Rim imperiyasi qo‘lga kiritilgan yangi yerlarni o‘z hududiga qo‘shib olib, uni nomini “Arabiston Petrasi” nomiga o‘zgartiradi.

Rimliklarning hukmronligi miloddan avvalgi IV asrning o‘rtalarigacha – 250 yildan ziyodroq vaqt davom etdi. Shu vaqtga kelib shahardagi ko‘plab binolar kuchli zilzila sabab vayronalarga aylangan edi.

Miloddan avvalgi VIII asr boshlariga kelib ko‘plab aholi Petrani tashlab boshqa joylarga ko‘chib ketishni boshladi va endi u tijorat, siyosat va madaniyat jihatdan umuman ahamiyatga ega bo‘lmay qolgan edi.

Shunday bo‘lsa-da, shahar tarixchi va arxeologlar uchun uning noyob arxitekturasi, shuningdek, uni barpo qilgan odamlar tomonidan yaratilgan o‘ziga xos yangilik sifatida ajralib turadi. Uning atrofidagi tog‘li hududlarni hisobga olganda Petra shahar qurish uchun mantiqiy joydek ko‘rinmaydi. Nabatiylar ushbu geografik joylashuvdan uning asosiy tuzilmalarini o‘rnatishda oqilona foydalanib, shunday shahar barpo etdi.

Mahalliy aholi shaharni Tosh me’morchiligi nomi bilan mashhur bo‘lgan yo‘nalishda qurishni boshladi. Unda bir nechta binolarni tosh sirtlaridan o‘yib yasashgan edi. Nabatiylar madaniyati rivojlanishi va rimliklar va vizantiyaliklar ham shaharda o‘z izlarini qoldirmoqchi bo‘lganliklari sababli Petra arxitekturasi uni egallagan turli madaniyatlarni aralashtirishni boshladi.

Rimliklar nabatiylardan keyin, Vizantiyadan oldin Petraga hukmronlik qilayotgan davrda yuz bergan evolyutsiyada keyinchalik shaharning asosiy magistrali bo‘lib xizmat qilgan Petra Rim yo‘llari barpo etilgan. Oradan biroz vaqt o‘tib shaharga kirishda Rim uslubida bezatilgan darvozalar o‘rnatilgan. Shuning uchun Petra turfa xillik me’morchilikni sevuvchilar uchun ayni muddaodir.

VIII asrda Petra savdo markazi sifatida tan olinmay qo‘yganidan so‘ng uning tosh konstruksiyalari ko‘chmanchi cho‘ponlar tomonidan bir necha asrlar davomida boshpana sifatida ishlatilgan. Keyinchalik, 1812-yil 22-avgust kuni shveysariyalik tadqiqotchi Yoxan Lyudvig Bukxard tomonidan Petraning noyob xarobalari “kashf etildi”.

Tadqiqotchining asosiy maqsadi Niger daryosining manbayini topish bo‘lgan edi. Angliyada 1809-yilda u Qohiradan sahro bo‘ylab sayohat qilish uchun Qirollik jamiyati prezidenti va Afrika tadqiqotlarini rag‘batlantirishda muhim rol o‘ynagan ser Jozef Boksni qo‘llab-quvvatladi. Tadqiqotchi arab tilini o‘rganish maqsadida Kembrijga qatnay boshladi. Bukxardt Petrani izlayotgan boshqa bir tadqiqotchining o‘limini eshitgach, ushbu shaharga yanada ko‘proq qiziqib qoladi. So‘ng Suriyadan kichik kulba sotib olib, arab tili, Qur’on va musulmonlikni chuqurroq o‘rganishni boshladi.

Tadqiqotchi o‘zini shayx Ibrohim ibn Abdulloh deb atay boshladi. Mahalliy shayxlardan himoya uchun pul to‘lab, ko‘p marta talon-toroj qilinsa-da, Burkxard Suriya, Livan va Falastinga sayohat qildi. Horunga atab echki qurbon qilmoqchi bo‘lganini aytib, Burkxard uni xarobalarga olib borish uchun mahalliy yo‘lboshchini yolladi va u yerda qadimiy qabrlar va Rim maqbaralarining qoldiqlarini ko‘rib hayratda qoldi.

Burkxard bu Petra ekaniga amin edi, lekin u yerda ko‘p qola olmadi, chunki yo‘qolgan xazinani izlayotgan kofir sifatida tanilishdan va uni ortidan hujumga uchrashdan qo‘rqqan edi. U echkini Horunga qurbon qildi va o‘sha kechaning o‘zida yana Qohiraga boradigan yo‘lga qaytib ketdi.

Keyinchalik Burkxard Nil bo‘ylab sayohat qildi va Abu Simbelda ulkan haykallari bilan Ramses Buyuk ibodatxonasini kashf etdi, Makkaga haj qildi va Madinaga tashrif  buyurdi. U 1817-yilda 32 yoshida Qohirada dizenteriya kasalligidan vafot etgan. Ammo u asosiy maqsadi bo‘lgan Niger daryosiga yeta olmadi...

Bundan keyin bir necha o‘n yillar davomida ko‘plab topilmalar chiqdi. Masalan, 1993-yilda Vizantiya davriga oid yunoncha varaqlar va sun’iy yo‘ldosh tasviri orqali topilgan mintaqa qumlari ostiga ko‘milgan noma’lum monumental strukturalar ham aynan shu shaharga tegishliligi aniqlangan.

Hozirda Petra shahri YuNESKOning Jahon madaniy merosi va dunyoning yetti yangi mo‘jizasi sifatida tan olingan. Ushbu shaharni turistlar, yomg‘ir va boshqa tabiiy ofat va atrof-muhit omillaridan himoya qilish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Mirjalol Qosimov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют