» » Fotogalereya: Ming yillardan beri hech kim vayron qilolmagan qadimiy shaharlar

Fotogalereya: Ming yillardan beri hech kim vayron qilolmagan qadimiy shaharlar


Odamzot uzoq yillardan beri yer yuzida yashab keladi. Bu vaqt davomida qancha shaharlar qurilib, qanchasi vayron qilingan. Ammo shunday shaharlar borki, ming yillar davomida urushlarni boshidan kechirgan, ammo yengilmagan. Hozirda esa ular eng qadimiy shahar nomiga sazovor, deya yozadi Travel Ask.

Balx (Afg‘oniston)

Dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri. U yerda Zardusht tug‘ilgan va zardushtiylik dini yuzaga kelgan. Shaharning paydo bo‘lgan sanasi aniq emas-u, lekin olimlar miloddan avvalgi 1500—2000-yillar deb taxmin qiladi.

Kirkuk (Iroq)

Shahar bir vaqtning o‘zida uchta imperiya o‘rtasida jang maydoniga aylangan bo‘lsa-da, islom va inglizlar istilosini boshdan kechirgan bo‘lsa-da, hozirgacha yashashda davom etib kelmoqda. Miloddan avvalgi 2200-yillarda barpo etilgan deb taxmin qilinadi.

Erbil (Iroq)

Yana bir qadimiy Iroq shahri. Kurdiston poytaxti. Uzoq o‘tmishdan asosiy savdo markazi bo‘lgan va u orqali Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab karvonlar o‘tgan. Shahar taxminan miloddan avvalgi 2300-yilda bunyod etilgan.

Tir (Livan)

Shahar, shuningdek, Sur nomi bilan ham mashhur. Miloddan avvalgi 2750-yilda finikiyaliklar tomonidan qurilgan.

Beyrut (Livan)

Mamlakatning asosiy shahri 5 ming yildan beri yashab kelmoqda. U arablar, rimliklar, turklar qo‘lidan o‘tgani hisobga olinsa, u yana ancha umr ko‘radi deb aytish mumkin. Shahar miloddan avvalgi 3000-yilda qurilgan.

Gaziantep (Turkiya)

Shahar mamlakatning janubiy qismida joylashgan va millionlab aholiga ega. Miloddan avvalgi 3650-yilda tashkil topgan ushbu shahar o‘zida tarixiy ko‘rinish aks etadi. Uning madaniyati rang-barang, chunki uzoq yillik tarixi davomida vavilonliklar, forslar, rimliklar va arablar qo‘l ostida bo‘lgan.

El-Fayyum (Misr)

Misrning eng qadimiy shahri miloddan avvalgi 4000-yilda tashkil topgan. Lekin hozirda sayyohlar boradigan va mashhur shahar hisoblanmaydi. Shu bilan birga u qachonlardir timsohni muqaddas deb bilgan Krokodilopolisning bir qismi hisoblanadi.

Damashq (Suriya)

Bu shaharning tashkil topgan sanasi aniq bo‘lmasa ham, rasman miloddan avvalgi 4300-yil deb belgilangan. Lekin bu boradagi fikrlar bir-biridan farq qiladi. O‘rta asrlarda yashab o‘tgan arab tarixchisi Ibn Asakir aynan Dmashq devoir dunyo to‘fonidan keyin qurilgan ilk devor deb yozgan, shuning uchun uning paydo bo‘lish sanasi IV mingyillikka borib taqaladi. Boshqa tadqiqotchilar esa shaharni undan ham qadimiyroq deb hisoblaydi. Ularning fikricha, Damashq miloddan avvalgi X mingyillikda paydo bo‘lgan.

Bibl (Livan)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют