» » Filmdagi muhabbati hayotga ko‘chgan Gollivudning 6 juftligi (foto)

Filmdagi muhabbati hayotga ko‘chgan Gollivudning 6 juftligi (foto)


Suratga olish maydonchasida uchrashgan hamda ajoyib juftlik rolini ijro etgan aktyor va aktrisalarning ayrimlari keyinchalik ham haqiqiy juftlikka aylandi. Ularning muhabbati filmdan so‘ng hayotda ham davom etdi.

Jon Snou va Igritt

Kit Xarington va Rouz Lesli

“Taxtlar o‘yini” filmi aktyorlari rollarini bir-biriga muhabbat va ishtiyoq bilan ijro etayotgan edi. Suratga olishdan keyin ham ularning orasidagi ishqiy munosabat xuddi serialdagidek davom etdi. Ayni paytda juftlik rasman nikohdan o‘tgan.

Edvard va Bella

Robert Pattinson va Kristen Styuart

“Sumerki” seriali ko‘pchilik tomoshabinlarga ma’lum. Kimgadir ma’qul keldi, kimgadir yo‘q. Bosh qahramonlar Edvard va Bella haqida esa ularning hayotda ham davom etgan muhabbati orqali bilish mumkin. 2008-yilda juftliklar hayotda ham uchrashishni boshladi, ammo 2012-yilga kelib ularning munosabati yakun topgan.

Xyugo va Babi

Mario Kasas va Mariya Valverde

“Osmondan uch metr yuqorida” filmi aktyorlari ham suratga olish jarayonidayoq bir-biriga oshiq bo‘lgan. Film premyerasida ular haqiqiy juftlikka aylanib ulgurgandi. Ammo oradan 4 yil o‘tib, 2014-yil ularning munosabatiga nuqta qo‘yildi va Kasas boshqa aktrisa bilan ishqiy munosabat o‘rnatishga kirishdi.

Xel va Kerol

Rayan Reynolds va Bleyk Layvli

“Yashil chiroq” filmi suratga olinayotgan paytda Reynolds Skarlett Yoxansson bilan, Layvli esa Di Kaprio bilan juflik edi. Ammo filmdan so‘ng ikkisi ham hammasini unutib, uchrasha boshladi. Layvli Rayanni rad etolmagani ko‘rinib turibdi, sababi ular hozirda bir oilani tashkil etadi.

Tayler va Nora

Chenning Tatum va Jenna Duan

“Olg‘a qadam” filmidagi Tayler va Nora juftligi qanchalar tomoshabinni xursand qilgan bo‘lsa, suratga olish ishlari yakunlangandan so‘ng ularning hayotda ham juftlik bo‘lishi yanada ko‘proq quvontirdi. Hozirda juftlikning Tatumga o‘xshagan Everli ismli qizalog‘i bor.

“Janob Smit va Smit xonim”

Bred Pitt va Anjelina Joli

Janob Smit va Smit xonim chindan ham ajoyib juftlik edi. Ular hayotda ham shunday davom etdi. Olti farzandning ota-onasiga aylanagan Bred va Anjelina afsuski ajrashishga qaror qildi va bu hali ham muxlislar orasida muhokamaga sabab bo‘lmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют