» » “Barselona”dan Donni van de Bek transferi uchun qancha mablag‘ talab qilinayotgani ma’lum bo‘ldi

“Barselona”dan Donni van de Bek transferi uchun qancha mablag‘ talab qilinayotgani ma’lum bo‘ldi


Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Jamoaning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman “Ayaks” yarim himoyachisi Donni van de Bekni “Barselona”da ko‘rishni istamoqda. Diario Sport’ning qayd etishicha, futbolchining tovon puli transferning amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Niderland klubi 23 yoshli futbolchi uchun kamida 55 million yevro talab qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, agar van de Bekning transferi amalga oshmasa, “Barselona”da qator boshqa variantlar mavjud.

Ma’lumot uchun, van de Bek Niderlandiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchining xizmatlariga Madridning “Real”idan ham qiziqish borligi aytilgandi.

Tavsiya: 

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 130) ( 0) ( 128) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют