» » Pirog, pitssa, omlet. Qotgan nondan qanday taomlar tayyorlash mumkin?

Pirog, pitssa, omlet. Qotgan nondan qanday taomlar tayyorlash mumkin?


Agar oshxonangizdagi non hidlangan va mog‘orlashni boshlamagan, shunchaki qotib qolgan bo‘lsa, unda tashlab yuborishga shoshilmang. Tavsiyaga binoan yumshatib ko‘ring yoki quyidagi retseptlardan foydalaning.

Qotib qolgan nonni suv parida ushlash orqali uni yumshatish mumkin. Nonni suvlab, uni nam sochiq yoki zarli qandolat qog‘oziga o‘rab pechga 5 daqiqaga qo‘ying. Bu usul ham yaxshi natija beradi. Bundan tashqari suvi qochgan non bilan boshqa taomlar ham tayyorlash mumkin.

Ribollita

Italiyadagi Toskana viloyatida sevib iste’mol qilinadigan mazkur sho‘rva dukkakli mahsulotlar, karam, sabzi, piyoz, pomidor va go‘sht qo‘shib tayyorlanadi. Qotgan non esa taomning ustiga solinib, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq bilan birga qo‘shib dasturxonga tortiladi.

Tez tayyor bo‘ladigan pitssa

Xamir tayyorlashga vaqt va xohishingiz bo‘lmasa, qotgan nondan tez tayyorlanadigan usuldan foydalaning. Non bo‘laklarini terib chiqib, tomat sousi surting. Uning ustidan dudlangan go‘sht yoki kolbasa, qo‘ziqorin pomidor va ko‘kat qo‘ying. Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq bilan bezab, 15 daqiqa 180 daraja qizigan pechda pishirib oling.

Stratra

Amerika oshxonasiga mansub ushbu taom “zapekanka” va omletni esga soladi. Uni tayyorlash uchun qotgan non, tovuq go‘shti, pishloq, piyoz, tuxum, qaymoq va sariyog‘ kerak bo‘ladi. Non va go‘shtni kubik shaklida kesing. Piyozni sariyog‘da qovurib oling. Tuxumga qaymoq va tuz qo‘shib aralashtiring. Hamma mahsulotlarni pechda pishirishga mo‘ljallangan idishga soling va ustidan qaymoqli aralashmani soling. Taomni ertalabgacha muzlatkichda qoldiring. Tongda 160 daraja qizigan pechda 50 daqiqa davomida pishirib oling.

Nonli sous

Buyuk Britaniya oshxonasidan kelib chiqqan mazkur retsept yog‘ va go‘shtli taomlar uchun ayni muddao. Qozonchaga suv, lavr yaprog‘i, sabzi, sut, qaymoq va mayda to‘g‘ralgan piyoz solib, 100 daraja olovda 10 daqiqa qaynating. Keyin esa olovni o‘chirib sovuting va elakdan o‘tkazing. Non, tuz, murch va sariyog‘ qo‘shib aralashtiring.

Pirog uchun “nachinka”

Qurigan non talqonini massasi suyuqroq bo‘lib qolgan pirogning go‘sht-baliqli hamda shirin “nachinkasi”ga qo‘shsa bo‘ladi. Aralashmaga qo‘shilgan non ortiqcha namlikni kamaytirib, uning quyuq bo‘lishini ta’minlaydi.

Tuxumli nonushta

Qurigan non bo‘lagini tovada ozgina sariyog‘ solib qovuring va ustidan tuxum chaqing. Xohishga qarab pomidor, ko‘k piyoz va boshqa ko‘katlardan foydalaning.

Shirin “zapekanka”

Qotgan nondan yana desertga asos sifatida ham foydalanish, undan sabzili “zapekanka” pishirish mumkin. Buning uchun sutga non solib ivitib qo‘ying. Keyin qirg‘ichdan chiqarilgan sabzi bilan aralashtiring. Shakar va tuxum qo‘shing. Yaxlit massa bo‘lgunicha aralashtiring va pechda pishirib oling. Xohishga qarab olma va quritilgan mevalar ham qo‘shishingiz mumkin.

Mavzuga doir: Non va shirinliklardan voz kechilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют