» » Qotgan nondan foydalanishning 3 usuli

Qotgan nondan foydalanishning 3 usuli


Qotgan non bo‘laklarini tashlab yuborishga shoshilmang. Ular juda mazali va to‘yimli taomlarning asosiy masallig‘i hisoblanadi.

Masalliqlar:

Tayyorlanishi:

Kattaroq idish ichida sut, yog‘, vanilin, tuz va shakarni aralashtiring.

Idishni o‘rtacha olovga qo‘ying va yog‘ eriguncha kuting.

Formaga yog‘ surib qo‘ying.

Nonni kubik shaklida kesing va forma ichiga joylashtiring.

Tuxumlarni chaqing va sovigan sutli aralashmaga qo‘shing. Yaxshilab aralashtiring.

Aralashmani non bo‘laklari ustidan quying.

Duxovkada 35–40 daqiqa davomida pishirib oling. Non chekkalari qizarib pishishi kerak.

Tayyorlash jarayonida siz o‘zingizga yoqqan mevalar, shokolad yoki ziravorlar ham qo‘shishingiz mumkin.

Shunday deb ataluvchi italyancha sabzavotli salat. Bu ajoyib yozgi taom ko‘pchilikka manzur bo‘ladi.

Masalliqlar:

Tayyorlanishi:

Nonni kubik shaklida to‘g‘rang. Oldindan uni biroz qovurib olish mumkin.

Nonga to‘g‘ralgan pomidor va piyozni qo‘shing.

Biroz sirka, giyohlarni, zaytun yog‘ini, murch va tuzni solib aralashtiring.

Salatga rayhon va ta’bga ko‘ra boshqa ziravorlar qo‘shing.

Nonga yaxshiroq singishi uchun salatni hech bo‘lmasa yarim soat qoldiring.

Non uvoqlari salatlar, sendvichlar va boshqa taomlar uchun ajoyib ziravorlar bo‘lishi mumkin.

Buning uchun qotgan non uvoqlarini limon po‘sti yoki zaytun yog‘i, sarimoq piyoz va ko‘katlar bilan aralashtirish mumkin.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют