» » Hamidjon Aktamov: “Qizilqum”ning transfer oynasidagi faolligi homiylarga bog‘liq emas

Hamidjon Aktamov: “Qizilqum”ning transfer oynasidagi faolligi homiylarga bog‘liq emas


“Qizilqum” menejeri Hamidjon Aktamov Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida “Metallurg”ga qarshi kechgan o‘yindagi g‘alabadan (2:1) keyin o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

O‘yinni bizning jamoa nazorat qildi, vaziyatlar yaratdi. Futbolchilar ko‘rsatmalarimizni to‘liq bajardi. Jamoa asta-sekin moslashib bormoqda, yoshlar ham o‘yindan o‘yinga tajriba orttirib bormoqda. G‘oliblar ortiqcha muhokama qilinmaydi deyishadi-ku.

Homiylar tomonidan qo‘shimcha mablag‘ kelgani yo‘q, gap homiylarda emas. O‘tgan safar ham bu savollarga ko‘p bor javob berganman, keling shunga javob bermay qo‘ya qolay. Jamoani kuchaytirish, har bir o‘yinda yutish uchun shunaqa o‘zgarishlarga qo‘l urdik. Homiyimiz o‘sha-o‘sha, boshqa homiylardan ortiqcha mablag‘ kelgani yo‘q.

Ochkolarni mavsum yakunida sanaymiz, oldinda o‘yinlar ko‘p. Mavsumni yuqoriroqda yakunlashga harakat qilamiz.

Bizda futbolchilarning holati yaxshi. Vaqtiga qarab rotatsiyalar qilamiz. Bu o‘yinda ham yoshlarni maydonga tushirdik. Shu orqali ularni ham tayyorlab boramiz. Futbolchilarni jismoniy holati qoniqarli. Alisher Sanoyevning jarohati og‘irroq, shu bois almashtirdik.

Hamitjon Aktamov, “Qizilqum” menejeri

“Qizilqum” 11-turdan keyin 8 ochko to‘plagan holda 12-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “So‘g‘diyona” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют