» » Andrey Shipilov: “O‘yinchilarimiz O‘zbekiston terma jamoasidan chaqiruv olgach, o‘z ustida ishlamay qo‘ymoqda”

Andrey Shipilov: “O‘yinchilarimiz O‘zbekiston terma jamoasidan chaqiruv olgach, o‘z ustida ishlamay qo‘ymoqda”


“Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida “Qizilqum”ga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatdan (1:2) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tanaffusdan keyingi o‘yinlarda betartib o‘ynayapmiz. O‘tgan uchrashuvda birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynab, ikkinchi bo‘limda o‘ynolmagandik. Bu safar aksincha, birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynolmagan bo‘lsak, ikkinchi bo‘limda yaxshiroq harakat qildik. Bu nima bilan bog‘liq ekanligini bilmayman. Futbolchilar xarakter ko‘rsata olmayapti. Jamoamizda yetakchi yo‘q.

Oxirgi ikki o‘yinimizdan keyin nimadir deyish qiyin, bu o‘yinlar xuddi “egizaklar”ga o‘xshaydi. Hozir hamma jamoalarga qiyin. Kimdir chiroyli o‘yin ko‘rsatadi, kimdir shunga intiladi, hamma harakat qilyapti, biroq oxirgi ikki o‘yinimizni inobatga olsak, faqat bir bo‘lim o‘ynayapmiz. Balki issiqda o‘ynash kerakdir, hozir juda shinam stadionda o‘yin o‘tkazdik, havo ham zo‘r, +28 gradus.

Shiforkorimizga rahmat, futbolchilarning holati haqida qayg‘urdi va o‘yinchilarni yaxshi holatga keltirdi.

Shahzod Ubaydullayevga nima bo‘lyapti? Bilmayman, u oxirgi ikki bahsda juda yomon o‘ynadi. Yevgeniy Chumak ham eng yomon o‘yinlarini o‘tkazgan bo‘lsa kerak.

O‘yinchilarimiz milliy terma jamoadan chaqiruv olgach, o‘z ustida ishlamay qo‘ymoqda. Ular o‘zlariga nisbatan tanqidiy yondashishi lozim. Jamoada tartib bo‘lishi, har bir kishi o‘z ustida ishlashi kerak. Biz ham chiroyli futbol ko‘rsatishga astoydil harakat qilyapmiz. Faqat intizom bo‘lishi shart.

Akbar Ismatullayev Tailandda ko‘rikda bo‘lib turibdi va hali yangi jamoa bilan rasman shartnoma imzolamagan. Aytishim mumkinki, u hozir “Metallurg” a’zosi. Agar transfer amalga oshsa, rasmiy xabar beramiz.

Andrey Shipilov, “Metallurg” bosh murabbiyi

Bekobodliklar 11-turdan keyin 16 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Surxon” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют