» » Chorsuda “Jar” sport majmuasi ichida joylashgan choyxona yonib ketdi (video)

Chorsuda “Jar” sport majmuasi ichida joylashgan choyxona yonib ketdi (video)


Internetda Toshkentdagi “Chorsu bozori” yaqinida joylashgan “Jar” sport majmuasi hududida yong‘in sodir bo‘lgani haqida videolar tarqaldi. Ularda ko‘p qavatli bino ichidan turib olingan tasvirda majmua hududidan qora tutun ko‘tarilayotgani aks etgan.

Xabarlarga ko‘ra, yong‘in “Jar” sport majmuasi ichidagi choyxonada sodir bo‘lgan. Hodisa, taxminan, soat 07:25 larda yuz bergan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgani, xavotirga o‘rin yo‘qligi aytilmoqda.

Hozircha holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.

Avval Toshkentning Mirobod tumani Avliyo ota ko‘chasi 6-uyda joylashgan mebel sexida yong‘in chiqqani, Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lacetti yonib ketgani, Chilonzor tumanida Mazda rusumli transport vositasida yong‘in yuzaga kelgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют