» » O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, iste’fodagi polkovnik Ikromjon Bo‘ronov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, iste’fodagi polkovnik Ikromjon Bo‘ronov vafot etdi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, ichki ishlar organlari faxriysi, iste’fodagi polkovnik Ikromjon Bo‘ronov 23-avgust, yakshanba kuni 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

“Bu insonning faxriy sifatida yoshlar tarbiyasi, ularni vatanga muhabbat va burchga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlari, shuningdek, san’atdagi ijodi nafaqat ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari, balki san’atsevar xalqimiz tomonidan ham munosib qadrlanib, ularning nomi doimo hurmat-ehtirom bilan tilga olinardi.

Barchamiz sevib tinglaydigan ‘Sen bahorni sog‘inmadingmi?’ qo‘shig‘i bugun oradan yarim asrdan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, hamon elimizning suyukli qo‘shig‘i sifatida yangrab kelmoqda.

Ustoz san’atkor, ichki ishlar organlari faxriysi, iste’fodagi polkovnik Ikromjon Bo‘ronovning vafoti munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, Faxriylar kengashi va shaxsiy tarkibi nomidan marhumning oila a’zolari, qarindoshlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют