» » Burberry brendi koronavirusdan himoya niqoblarini ishlab chiqardi

Burberry brendi koronavirusdan himoya niqoblarini ishlab chiqardi


Britaniyaning Burberry brendi o‘zining katak printlari tushirilgan ko‘p marta taqishga mo‘ljallangan niqoblardan iborat kolleksiyasini taqdim qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, niqoblar qayta ishlangan matolardan tikilgan bo‘lib, shaxsiy himoya vositalari talablariga javob beradi. Antimikrob texnologiyalar asosida tayyorlangan maxsus sumkalar bilan birga sotiladigan niqoblar narxi 118 dollarni tashkil etadi, deyiladi xabarda.

Niqoblardan tushgan mablag‘ning bir qismi Burberry’ning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish maqsadida tashkil qilingan fondiga o‘tkaziladi.

Avvalroq Burberry brendi fabrikalarini tibbiy niqob va himoya xalatlari ishlab chiqarishga moslashtirgani, virusga qarshi vaksina ustida tadqiqot olib borayotgan Oksford universitetini moliyalashtirgani, shuningdek, xayriya bilan shug‘ullanuvchi FareShare, The Felix Project va boshqa tashkilotlarga katta mablag‘ ajratgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют