» » Burberry? brendi fabrikalarini tibbiy niqob va himoya xalatlari ishlab chiqarishga moslashtirdi

Burberry? brendi fabrikalarini tibbiy niqob va himoya xalatlari ishlab chiqarishga moslashtirdi


Britaniyaning Burberry brendi COVID-19’ga qarshi kurashishga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida trench ishlab chiqarish fabrikasini, kasallanganlar uchun xalat va niqob ishlab chiqarish uchun qayta jihozlaydi. Bu haqda Harper’s Bazaar nashri xabar berdi.

Boshqa brendlardan ortda qolishni istamagan Burberry ham qo‘l qovushtirmaslikni afzal bilib amaliy yordamga kirishdi. Kompaniya ishni global logistika tarmog‘ini Buyuk Britaniya milliy sog‘liqni saqlash xizmatiga 100 000 dan ortiq niqob yetkazib berish uchun tayyorlashdan boshlagan. Shuningdek, brend Yorkshirdagi trench fabrikasini bemorlar uchun xalat va niqob ishlab chiqarish uchun qayta jihozlaydi.

Bundan tashqari, kompaniya virusga qarshi vaksina ustida tadqiqot olib borayotgan Oksford universitetini moliyalashtirgan hamda xayriya bilan shug‘ullanuvchi FareShare, The Felix Project va boshqa tashkilotlarga katta mablag‘ ajratgan.

“Qiyin vaziyatlarda birlashishimiz kerak. Burberry kompaniyasining butun jamoasi COVID-19’ga qarshi kurashayotganlarni qo‘llab-quvvatlay olishidan faxrlanadi. Koronavirus kundalik turmushimizni tubdan o‘zgartirib yuborganiga qaramay, umid qilamizki, biz ko‘rsatayotgan yordam odamlar hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shadi. Barchamiz birlashsak, buning uddasidan chiqamiz”, — deydi Burberry rahbari Marko Gobbetti.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют