» » O‘zbekistonda tibbiy niqob ishlab chiqarish hajmi 10 baravar oshirildi

O‘zbekistonda tibbiy niqob ishlab chiqarish hajmi 10 baravar oshirildi


“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov respublika bo‘yicha tibbiy niqob ishlab chiqarish hajmi keyingi hafta 5 millon donaga yetkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda u AOKA huzuridagi shtabda 2-aprel, payshanba kuni, o‘tkazilgan brifingda aytib o‘tgan.

“Juda qisqa muddatda ‘himoya vositalari’ ishlab chiqarilishi bir necha barobar oshdi: fevral oyida bor-yo‘g‘i 20 ga yaqin korxona ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirda ishlab chiqarish quvvatlari 10 barobarga oshirildi.

Himoya niqoblarini ishlab chiqarish quvvatlari respublika bo‘yicha 200 mingdan 2,5 million taga yetkazildi va keyingi hafta ichida ular 5 million donaga yetkaziladi. Shuningdek, 12 mingdan ortiq himoya xalatlari (kombinezon) ishlab chiqarilmoqda”, — degan u.

Shu kuni o‘tkazilgan brifingda ishtrok etgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev 2020-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, jami 15 ta tibbiy niqob ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lgani, ularning kunlik ishlab chiqarish quvvati 450-500 ming donani tashkil etganini ma’lum qilgan.

1-aprelga kelib esa tibbiy niqob ishlab chiqaruvchi korxonalarning soni 190 taga yetgani va ularning umumiy ishlab chiqarish quvvatlari 4,3 million donaga ko‘tarilganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 25-martdan boshlab jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Niqobsiz yurgan shaxslar jarimaga tortiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda tibbiy niqob tanqisligini keltirib chiqarganlarga qat’iy choralar ko‘riladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют