» » O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi

O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi


O‘zbekiston 2019-yilning yanvar-aprel oylarida 79,61 mingdan ziyod yengil avtomobillar ishlab chiqardi, bu esa 2018-yilning shu davriga nisbatan 49,6 foizga ko‘pdir, deb xabar berdi O‘zA.

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yuk avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi hisobot davrida 2 karra ortgan va 1719 donani tashkil etgan.

O‘zbekiston 2019-yilning yanvar-aprel oylarida 593 dona avtobus ishlab chiqargan, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,1 marta ko‘pdir.

Avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilishi hajmi 2019-yilning yanvar-aprel davrida 63,76 ming donani tashkil qilgan. 2018-yilning yanvariga taqqoslaganda, bu ko‘rsatkichda o‘sish 56,4 foizni tashkil etgan.

2019-yilning yanvar-aprel oylarida traktorlarni ishlab chiqarish hajmi 164 donani tashkil etgan, bu esa 2018 yilning xos davriga nisbatan 79,7 foizga kamdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют