» » O‘zbekistonda kuniga 500 ming dona tibbiy niqob ishlab chiqarilmoqda, ularning sonini 2 milliontaga yetkazish mumkin

O‘zbekistonda kuniga 500 ming dona tibbiy niqob ishlab chiqarilmoqda, ularning sonini 2 milliontaga yetkazish mumkin


O‘zbekistonda bir kunda 500 ming dona tibbiy niqob ishlab chiqarilmoqda. Mamlakatdagi ishlab chiqarish quvvatlari bir kunda tayyorlanadigan niqoblar sonini ikki million donagacha yetkazish imkonini beradi. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” assotsiatsiyasi xabar berdi.

Mavzuga doir: Koronavirus belgilarini gripp va shamollashdan qanday farqlash mumkin?

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning yanvar-mart oylarida o‘nlab tadbirkorlar 3 ta asosiy turdagi tibbiyot niqoblari ishlab chiqarish hajmini oshirgan.

O‘tkazilgan monitoringga ko‘ra, mart oyi boshida yalpi ishlab chiqarish quvvati kuniga 500 ming donani tashkil qilmoqda. Shu bilan birga ushbu quvvatni kuniga bir million va ikki milliongacha yetkazish mumkin.

Mavzuga doir: “Niqoblar to‘g‘ri taqilmasa virusdan himoya qilmaydi”. Tibbiyot niqoblarining foyda va zarari haqida

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni sakkiz nafarga yetdi. 15-mart, yakshanba kuni, bir muddat avval Fransiyada bo‘lib qaytgan o‘zbekistonlik ayolda koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik uning o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i va nevarasida ham virus aniqlangani ma’lum qilingan edi.

Olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan qarindoshida ham koronavirus qayd etilgan.

Bundan tashqari, 14-mart kuni Uzbekistan Airways’ning London—Toshkent reysida kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus aniqlangan. 15-mart kuni soat 05:15 da Uzbekistan Airways’ning Istanbul—Toshkent reysida kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus qayd etilgan. Koronavirusga chalingan olti bemorning ahvoli hozircha qoniqarli ekani ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют