» » Chanel koronavirusdan himoyalovchi niqob va xalatlar ishlab chiqarmoqchi

Chanel koronavirusdan himoyalovchi niqob va xalatlar ishlab chiqarmoqchi


So‘nggi hafta davomida koronavirus pandemiyasi sabab, tibbiyot resurslarida yetishmovchilik kuzatilayotgani sir emas. Bunday og‘ir vaziyatda kiyim ishlab chiqarishda mantiq yo‘qligini tushunib yetgan moda olami vakillari himoyalovchi vositalar hamda antiseptik gellar ishlab chiqarishga kirishdi.

Chanel brendi ham fransuz sog‘liqni saqlash tashkiloti ishora berishi bilan himoyalovchi niqob va xalat ishlab chiqaradi, deb yozadi Elle. Bu haqida Chanel 29-mart, yakshanba kuni, e’lon qilgan.

Mavzuga doir: Chanel koronavirus tufayli kruiz kolleksiyasi namoyishini qoldirdi

Reuters’ning brend ma’lumotiga tayanib yozishicha, kompaniyaning ishchi kuchi himoyalovchi niqob va xalatlar ishlab chiqarishga safarbar qilingan. Shuningdek, Chanel tomonidan davlat shifoxonalarini qo‘llab-quvvatlash favqulodda fondiga 1,2 million yevro ajratilgan hamda kompaniya xodimlariga sakkiz haftalik ish haqi va’da qilingan.?

Ma’lumot uchun, 29-mart holatiga ko‘ra, Fransiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 40 ming kishini tashkil qilib, 2600 kishi vafot etgan. Sog‘liqni saqlash vaziri Olivye Veran, mamlakatda bir haftada 40 million niqob ishlatilayotganini bildirgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют