» » Farg‘ona va Andijon viloyatlari o‘rtasidagi “chegara postlari” qachon ochiladi?

Farg‘ona va Andijon viloyatlari o‘rtasidagi “chegara postlari” qachon ochiladi?


O‘zbekistonda 15-avgustdan karantin cheklovlari yumshatilib, shaxsiy va jamoat transporti harakati, ko‘plab faoliyat turlari bosqichma-bosqich qayta tiklandi. Biroq shu kungacha Andijon va Farg‘ona viloyatlari o‘rtasida transport qatnovlari to‘la tiklangani yo‘q — Farg‘ona tomondan yo‘llar to‘silganicha qolmoqda.

Ikki viloyatni Asaka va Quva tumanlaridan o‘tuvchi asosiy yo‘li va Shahrixon—Quva yo‘li blokpost bilan berkitilgan, ikki viloyat aholisi uchun umuman teskari bo‘lgan Bo‘ston—Yozyovon chegarasi ochiq xolos, deyiladi “Kun.uz”da e’lon qilingan maqolada.

Maqolada qayd etilishicha, transportda Yozyovon tomon bilan Farg‘onaga o‘tish yoki Farg‘onadan Andijonga kelish — 150 kilometrni aylanib o‘tish degani.

Mualliflar aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida ikkala joyga borib, yo‘llar beton to‘siqlar bilan berkitib qo‘yilgani, ikki viloyat o‘rtasida transport harakati deyarli to‘xtatilganining guvohi bo‘lgan.

15-avgustdan so‘ng chegaralardagi Andijon viloyatiga qarashli blokpostlar olib tashlangan bo‘lib, faqat Farg‘ona viloyati tomonidan qo‘yilgan postlar qolibdi.

Farg‘ona viloyati postlarida xizmat vazifasini olib borayotgan Milliy gvardiya xizmatchilari va Quva SEOM xodimlari postlarni olib tashlash haqida qaror chiqmaganini aytmoqda.

Aholi transport qatnovi yo‘qligi sabab chegaraga kelib jamoat transportidan tushadi va blokpostdan o‘tib, narigi tomonda turgan avtoulovga chiqadi. Oqibatda ortiqcha ovoragarchiliklar yuzaga kelmoqda. Pishiqchilik paytida bog‘bon va tadbirkorlar yetishtirgan mevalari va mahsulotlarini olib o‘tishda qiyinchilikka uchramoqda.

“Kun.uz”dagi maqolada mualliflar Asaka—Quva chegarasidagi holat bilan ham tanishgani haqida yozgan.

“Blokpostga yaqinlashishimiz bilan Asaka tomonidagi yo‘lning ikki tomoni taksilar bilan to‘la ekan. Odamlar chegaraga yaqinlashganida avtomashinadan tushadi va ikki blokpost orasidagi 100 metrlik masofani bosib o‘tib, narigi viloyat taksichilarining avtouloviga o‘tiradi.

Andijon tomon postni olib tashlagan. Farg‘ona tomonda turgan post xodimlari ‘yuqori’dan kelgan buyruqqa asosan ishlashayotganini aytishdi”, — deyiladi maqolada.

“Bu yerni berkitishgani bilan boshqa ‘obyezd’ (aylanma) yo‘llardan baribir qatnov bo‘lyapti. Men uyimni oldida o‘tira olmayapman, texnika ko‘p o‘tyapti. Odamlar sarson bo‘lyapti”, — deydi yo‘lovchilardan biri.

“Biz hozir manavi yerga kelib, mana tushib, u yog‘iga yuz metr yurib, yana taksiga chiqib ketyapmiz. Farg‘onalikman. Kasalxonadagi singlimni ko‘rgani ketyapman. Zarur bo‘lgani uchun o‘tadi-da odamlar. Yoki hali viloyatlar o‘rtasidagi qatnovlar tiklanmadimi?”, — deydi boshqa bir yo‘lovchi.

Shahrixon—Quva yo‘lida ham xuddi shu ahvol. U yerda yo‘l berk va Farg‘ona tomonda blokpost ishlab turibdi. Aholi vakillari holatdan hayron ekanini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Andijon va Namangan viloyatlarini bog‘lab turuvchi yo‘llarga qo‘yilgan har ikki viloyatning blokpostlari olib tashlangan.

Aholi vakillari Farg‘ona viloyati mutasaddilaridan noqulayliklar tug‘dirayotgan muammoli holatni bartaraf qilishni so‘ramoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют